- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- “Yong‘in xavfsizligi kuni”ga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

12 Dec 2016
1171
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Har yili yong‘in xavfsizligi oyligini o‘tkazib borish to‘g‘risida” gi 2011 yil 18 noyabrdagi 309-sonli qaroriga muvofiq, Respublika hududida kuz-qish isitish mavsumida, jumladan, “Yangi - 2017 yil” bayramini nishonlash paytida, yong‘inlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarning amalga oshirilishini kuchaytirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan joriy yilning 10 noyabridan 2017 yilning 10 yanvarigacha yong‘in xavfsizligi kunlari o‘tkazilmoqda.
Mazkur tadbirlarning muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olgan holda, “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati o‘z tasarrufidagi yirik va o‘rta biznes korxonalari bilan birgalikda korxonalarda yong‘inlarning sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rmoqda.
Barcha yong‘in o‘chirish vositalari, jumladan, gidrantlar, rezervuarlar, hovuzlar va avtomashinalar nazorat ostiga olingan.
Xususan, yuqoridagi qarorga asosan jamiyat tasarrufidagi barcha korxonalar xodimlarini yong‘in xavfsizligi qoidalariga o‘qitish bo‘yicha o‘quv sinflari tashkil etilgan. O‘quv sinflar plakatlar, ko‘rgazmali qurollar, yong‘inga qarshi asbob-uskunalar, yonmaydigan kiyim-bosh, zamonaviy turdagi yong‘in o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan.
Axborot matni bilan “Kompaniya rahbarlarining nutqlari va chiqishlari” bo‘limida tanishish mumkin
In english: Held a seminar devoted to "Fire Safety Day"