Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Zaripov Botir Komilovich

Boshqaruvi raisi
Telefon:
998(71) 252-20-63
Faks:
998(71) 255-77-07
Elektron pochta: chairman@uzsm.uz

Zaripov Botir Komilovich 1969 yida tug'ilgan. Ma'lumoti – oliy, 1997 yilda Toshkent Moliya Institutini tugatgan. Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi moliya va kredit.

Mehnat faoliyati:

1990-2008 yillarda respublikamizning davlat va tijorat banklarida turli ma’sul lavozimlarda ishlagan.

2008-2012 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari.

2012-2013 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Nobank kredit tashkilotlarini nazorat qilish va tartibga solish departamenti direktori.

2013-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Kredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish departamenti direktori.

2015 - 2016 yillarda “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari ma’sul lavozimlarida faoliyat ko’rsatgan.

2016 noyabr oyidan shu kungacha “O’zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi.



  • jamiyatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida va natijali bajarilishini, shuningdek vakolatli organlarga kiritiladigan hujjatlar va takliflar loyihalarini, hisob-kitoblarning asoslanganligini, kafolatlangan moliyalashtirish manbalari va erishiladigan prognoz natijalarning aniqligini ta’minlash;
  • jamiyat ijro etuvchi apparatining barcha tuzilmaviy bo‘linmalarining samarali hamkorligini va ishini tashkil etish, ularning faoliyatini ijtimoiy va bozor ustuvorliklarini hisobga olgan holda ishlab chiqarishni takomillashtirish va rivojlantirishga yo‘naltirish, jamiyat ish faoliyati samaradorligini oshirish;
  • jamiyatning moliyaviy-iqtisodiy va xo‘jalik ishlab chiqarish faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish;
  • jamiyat tomonidan byudjet, davlat byudjetdan tashqari ijtimoiy fondlari oldidagi barcha majburiyatlar bajarilishini ta’minlash;
  • jamiyat ijro etuvchi apparatini malakali kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rish, ularning kasbiy bilim va tajribasidan samarali foydalanish va rivojlantirish, hayot va sog‘liq uchun qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, atrof-muhitni himoya qilish bo‘yicha qonunchilik talablariga amal qilish, belgilangan muddatlarda ish haqi to‘lanishini ta’minlash;
  • jamiyatning moliyaviy-iqtisodiy va ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyatiga oid masalalarni hal etish;
  • jamiyat faoliyatida qonuniylikka amal qilinishini va uning faoliyatini xo‘jalik-iqtisodiy aloqalar va jamiyatning investitsiya jozibadorligini ta’minlash orqali amalga oshirish;
  • jamiyatning mulkiy manfaatlarini davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, sudlarda himoya qilish uchun chora-tadbirlarni ko‘rish;
  • qurilish materiallarining ichki va tashqi bozorlardagi marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, zamonaviy qurilish materiallariga bo‘lgan talabni aniqlashni tashkil etish;
  • mahalliy xom-ashyoni chuqur qayta ishlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, raqobatdosh, eksportga yo‘naltirilgan qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va turlarini kengaytirish, shuningdek yangi turdagi sifatli qurilish materiallariga bo‘lgan ichki talabni qondirishni ta’minlash bo‘yicha zaruriy ishlarni tashkillashtirish;
  • tarmoqni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun investitsiyalarni, ayniqsa to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, ushbu sohadagi yetakchi chet el kompaniyalari bilan yuqori sifatli zamonaviy qurilish materiallarini keng turda ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona va ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha zaruriy ishlarni tashkillashtirish;
  • zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini faol joriy etish, tarmoqni boshqarishga yuqori malakali, shu jumladan xorijiy menedjerlarni keng jalb qilish bo‘yicha zaruriy ishlarni tashkillashtirish;акциядорлик жамияти тузилмасига кирувчи ташкилотлар ва корхоналарга ахборот, маркетинг ва бошқа хизматларни кўрсатиш, кадрларни қайта тайёрлаш ва малакасини оширишни ташкил қилиш бўйича зарурий ишларни ташкиллаштириш;
  • o‘z vakolatlari doirasida jamiyatning joriy faoliyatiga, samarali va barqaror ish faoliyatini ta’minlagan holda rahbarlikni amalga oshiradi, Yagona aksiyador va Kuzatuv kengashi mutloq vakolatlariga tegishli masalalar bundan mustasno;
  • jamiyatning Yagona aksiyadori va Kuzatuv kengashining qarorlari bajarilishini tashkil etadi;
  • har chorakda yillik biznes rejaning bajarilishi va jamiyatni rivojlantirish strategiyasida erishilgan natijalar bo‘yicha Kuzatuv kengashi oldida hisobot beradi;
  • jamiyatni rivojlantirish biznes-rejasi va dasturlari ishlab chiqilishiga rahbarlik qiladi va ularning bajarilishini tashkil etadi va nazorat qiladi;
  • jamiyatning shartnomaviy majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi;
  • jamiyat Boshqaruvi majlislari o‘tkazilishini tashkil etadi, jamiyat nomidan hujjatlarni va Boshqaruv majlislari bayonnomalarini imzolaydi;
  • jamiyat ijro etuvchi apparatini malakali kadrlar bilan ta’minlash, xodimlarning bilimi, malakasi, tajribasi va qobiliyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘radi;
  • jamiyat xodimlarining ijtimoiy kafolatlari va mehnatini muhofaza qilishga rioya etilishini ta’minlaydi;
  • Jamoa shartnomasi va kelishuvlari tuzilishida ish beruvchi sifatida harakat qiladi, jamoa shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar bajarilishini ta’minlaydi.


Du
08:00 - 11:00
Se
Cho
Pa
08:00 - 11:00
Ju
Sha
Ya
Qabuliga yozilish

Muxamedjanov Timur Rasulovich

Jamiyat Boshqaruvi raisining o‘rinbosari
Telefon:
998(71) 252-20-63
Faks:
998(71) 255-77-07
Elektron pochta: 3188@uzsm.uz

1988 yilda tug'ilgan. Ma'lumoti-oliy. 2009 yilda Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti siyosatshunos mutaxassisligi bo'yicha tugatgan.

Mehnat faoliyati

2009-2011 yy. - “O‘zqurilishmateriallari” AKning “Turonqurilishmateriallari” ShK marketing bo‘yicha 3- toifali mutaxassisi.

2011-2012 yy. - “O‘zqurilishmateriallari” AKning “Turonqurilishmateriallari” ShK marketing bo‘yicha yetakchi mutaxassisi.

2012-2016 yy. - “O‘zqurilishmateriallari” AKning “Turonqurilishmateriallari” ShK marketing bo‘yicha bosh mutaxassisi.

2016-2016 yy. - “O‘zqurilishmateriallari» AKning «Turonqurilishmateriallari” ShK Ish yuritish bo‘limi boshlig‘i (asosiy ish joyi), “O‘zqurilishmateriallari” AK ish yurituvchisi (o‘rindoshlik asosida).

2016-2017 yy. - “O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyatining ofis-menejeri xizmati bosh mutaxassisi.

04.08.2017y. 24.08.2017y.“O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyatining Devorbop materiallar, tabiiy tosh mahsulotlari va boshqa qurilish va pardozlovchi materiallar ishlab chiqarish sho‘’basi boshlig‘i.

25.08.2017y.-h.v. “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisining iqtisodiyot, moliya va korporativ boshqaruv bo‘yicha o‘rinbosari



  • Jamiyatda o‘z vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida va natijali bajarilishini, shuningdek vakolatli organlarga kiritiladigan hujjatlar va takliflar loyihalarini, hisob-kitoblarning asoslanganligini, kafolatlangan moliyalashtirish manbalari va erishiladigan prognoz natijalarning aniqligini ta’minlash;
  • jamiyatning Strategik rejalashtirish va iqtisodiyot bo‘limi, Moliya va buxgalteriya hisobi bo‘limi, Korporativ munosabatlar va qimmatli qog‘ozlar xizmati rahbar va mutaxassislarining ishini tashkil etish va ilmiy-tadqiqot, geologiya va qidiruv va boshqa yordamchi korxonalar tomonidan tegishliligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, bayonnoma topshiriqlari, jamiyatning vakolatli boshqaruv organlari qarorlari, jamiyat Boshqaruvi raisining vazifa va topshiriqlari, ijroga berilgan tegishli hujjatlar ijrosining o‘z muddatida bajarilishini, shuningdek kelib tushgan xatlarni ko‘rib chiqish va javob yo‘llanishini ta’minlash;
  • zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini faol joriy etish, tarmoqni boshqarishga yuqori malakali, shu jumladan xorijiy menedjerlarni keng jalb qilishni ta’minlash;
  • tarmoq korxonalarini xususiylashtirish jarayonlarini yakunlash yo‘li orqali raqobatni shakllantirish va qurilish materiallari bozorini monopoliyadan chiqarish, xususiy korxonalar tashkil etilishini rag‘batlantirish va qurilish materiallari ishlab chiqarishga xorijiy va mahalliy investorlarni jalb etish bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirish;
  • o‘z vakolati doirasida jamiyatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, shuningdek Hukumat qarorlari bajarilishi bo‘yicha ijro intizomi holatini tanqidiy va tizimlig tahlil qilib borilishini ta’minlash;
  • o‘z vakolati doirasida Boshqaruv raisining o‘rinbosari quyidagilar bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ko‘radi:
  • importni qisqartirish maqsadida, jamiyatning tashkiliy tuzilmasiga kirgan korxonalarni xom-ashyo tarkibiy qismlari (komponentlari), zarur asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va komplekt buyumlar bilan ta’minlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
  • jamiyatning tashkiliy tuzilmasiga kirgan korxonalarda ishlab chiqarilgan qurilish materiallari eksport hajmini oshirish;
  • «QurilishmateriallariLITI» MChJ ixtisoslashtirilgan loyiha ilmiy-tadqiqot institutini qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish sohasida yangi texnologiyalarni joriy qilish, tadqiqot ishlarini o‘tkazish, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha unga yuklatilgan vazifalar doirasida zamonaviy laboratoriya-sinogv uskunalari bilan jihozlanishini ta’minlash;
  • «QurilishmateriallariLITI» MChJ ixtisoslashtirilgan loyiha ilmiy-tadqiqot institutini o‘z xo‘jalik faoliyati hisobiga, shuningdek jamiyat Ustav fondiga berilgan ulush bo‘yicha olingan dividentlarning bir qismi, qonunchilikda ta’qiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga moliyalashtirish amalga oshirilishini ta’minlash;
  • «QurilishmateriallariLITI» MChJ ixtisoslashtirilgan loyiha ilmiy-tadqiqot institutini energiya va resurs tejovchi texnologiyalardan foydalangan holda, turli quvvatdagi qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha korxonalarning namunali bir xillashtirilgan loyihalarini o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini bo‘yicha faoliyati muvofiqlashtirilishini ta’minlash;
  • jamiyatning tashkiliy tuzilmasidagi ilmiy-tadqiqot, geologiya-qidiruv va boshqa yordamchi tashkilotlar faoliyati muvofiqlashtirilishini ta’minlash;
  • mavjud quvvatlardan, ishlab chiqarish maydonlari va uskunalardan bir xil yuklama va to‘liqroq foydalanish imkoniyatlarini aniqlash maqsadida, shuningdek mahsulotlarni sotish va boshqa asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha hisobot davri yakunlari bo‘yicha Biznes-rejalar parametrlari bajarilishi monitoringi yuritilishini tashkil etish orqali, jamiyatning tashkiliy tuzilmasidagi korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini boshqarishni amalga oshirishda ishtirok etish;
  • Boshqaruv raisining o‘rinbosari o‘z vakolati doirasida quyidagi masalalar bo‘yicha tegishli ishlarni muvofiqlashtiradi:
  • jamiyatning tashkiliy tuzilmasiga kirgan korxonalar va tashkilotlarda tuzilmaviy qayta tashkil etish;
  • tegishliligi bo‘yicha tarmoqni rivojlantirish dasturi ishlab chiqilishi va bajarilishi monitoringi yuritilishi;
  • qurilish materiallari (sement, arxitektura-qurilish shishasi, shifer)ning qiymat material balansi ishlab chiqilishi va monitoringi yuritilishi;
  • ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini pasaytirish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va monitoringini yuritish;
  • jamiyatning tashkiliy tuzilmasidagi korxonalarga Biznes-rejalarni tayyorlash, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va takomillashtirish bo‘yicha uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish;
  • jamiyat tashkiliy tuzilmasidagi, shu jumladan yangi kiritilgan va chiqarilgan korxonalar hisobini yuritish;
  • jamiyat ijro etuvchi apparatida pul mablag‘larini qabul qilish va berish, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklar, kredit va hisob-kitob majburiyatlari, shuningdek moliyaviy va boshqa hisobotlarga asos bo‘luvchi hujjatlarni imzolash;
  • jamiyatda O‘zbekiston Respublikasining 30.08.1996 yildagi
  • 279-I-sonli “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi (yangi tahrirdagi) Qonuni va O‘zbekiston Respublikasining moliyaviy munosabatlar va buxgalteriya hisobi faoliyatini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablarining o‘rnatilgan tartibda bajarilishini ta’minlash;
  • jamiyatda buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarni tuzish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish va nazoratini ta’minlash;
  • jamiyatda buxgalteriya hisobi ko‘rsatkichlarining taqqoslanishi, ishonchliligi, uzluksizligi nazoratini ta’minlash;
  • jamiyatda buxgalteriya hisobi barcha xo‘jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar asosida hisobga olish yo‘li bilan buxgalteriya axborotini yig‘ish, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidan, shuningdek uning asosida moliyaviy va boshqa hisobotni tuzish tizimini tartibga solish bilan nazoratni ta’minlash;
  • jamiyatning moliyaviy-iqtisodiy faoliyati muvofiqlashtirilishini va nazorat qilinishini ta’minlash;
  • Boshqaruv raisi o‘rinbosari o‘z vakolati doirasida quyidagi masalalar bo‘yicha o‘rnatilgan tartib va muddatda tegishli ishlarning amalga oshirilishini nazorat qiladi:
  • Jamiyatning tashkiliy tuzilmasidagi korxona va tashkilotlarning moliyaviy holati barqarorligini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarning holati, shu jumladan byudjetga va boshqa davlat maqsadli fondlariga boqimandalik monitoringini amalga oshirish;
  • jamiyatning, shuningdek uning tashkiliy tuzilmasidagi korxona va tashkilotlarning moliyaviy ko‘rsatkichlari iqtisodiy asoslanganligini, moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlilini o‘tkazish;
  • jamiyatda va uning tashkiliy tuzilmasidagi korxonalar va tashkilotlarda vazirliklar, idoralar, banklarning moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish;
  • Jamiyatning tashkiliy tuzilmasidagi korxonalar va tashkilotlarni rivojlantirishda moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar qismi bo‘yicha kompleks Dasturlar ishlab chiqilishini ta’minlash;
  • jamiyatning tashkiliy tuzilmasidagi korxonalarda zamonaviy korporativ boshqaruv uslublari joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlar (ishtirokchilar) rolini kuchaytirish, aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni yaxshilash bo‘yicha takliflar tayyorlanishida hamkorlik qilish;
  • jamiyatning qimmatli qog‘ozlarini muomalaga chiqarish va kelgusida joylashtirish, ju jumladan xorijiy investorlar o‘rtasida joylashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
  • jamiyatning tegishli tuzilmaviy bo‘linmalari hamda tashkiliy tuzilmadagi korxonalar tomonidan tegishli materiallari tayyorlash qismi bo‘yicha jamiyat Kuzatuv kengashi majlislarini o‘tkazishni muvofiqlashtirish;
  • jamiyatning Yagona aksiyadori qarori loyihalarini tayyorlashni tashkil etish;
  • jamiyatning tashkiliy tuzilmasidagi korxonalarda korporativ boshqaruvni ta’minlash qismi bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish;
  • jamiyatning tashkiliy tuzilmasidagi korxonalarda korporativ boshqaruv va dividend siyosatini olib borish bo‘yicha maslahatlar berish;
  • jamiyatning tashkiliy tuzilmasidagi korxonalarning Kuzatuv kengashi va Taftish komssiyalariga jamiyat vakillari bo‘lgan nomzodlar bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • jamiyatning tashkiliy tuzilmasidagi korxonalarda korporativ boshqaruv tizimi monitoringini yuritish va muvofiqlashtirish;
  • qonunchilik doirasida Jamiyat Boshqaruv raisining topshiriqlari bo‘yicha Boshqaruv raisining o‘rinbosari vakolatiga kiruvchi boshqa vazifa va funksiyalarni bajarish.


Du
Se
08:00 - 11:00
Cho
Pa
Ju
08:00 - 11:00
Sha
Ya
Qabuliga yozilish

Bobokulov Baxtiyor Baxronbekovich

Boshqaruvi raisining ishlab chiqarish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari
Telefon:
998 (71) 255 55 86
Faks:
998 (71) 255-77-07
Elektron pochta: bobokulov@uzsm.uz

1971 yil 20 iyunda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Millati– o‘zbek. Ma’lumoti - oliy, 1996 yilda Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutini tamomlagan, ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi- muhandis-quruvchi.

Mehnat faoliyati:

1988-1989 yy. – “Samarqand qurilish materiallari” ishlab chiqarish birlashmasi ishchisi

1989-1991 yy. – Harbiy xizmatda

1991-1993 yy. – “Zerdolvodkomplekt” korxonasi asbob-uskunalar bo‘yicha muhandisi

1993-1994 yy. – Samarqand shahridagi “Vtorchermet” korxonasi tayyorlov bo‘yicha muhandisi

1994-1997 yy. – “ASR marmar-granit” qo‘shma korxonasi direktori

1997-1999 yy. – “Samarqanmarmar” aksiyadorlik jamiyatining “Zarmarmar” sho‘’ba korxonasi marketing bo‘yicha mutaxassisi

1999-2000 yy. – “ASR marmar-granit” qo‘shma korxonasi texnik direktori

2000-2011 yy. – “Zarmarmar” sho‘’ba korxonasi ishlab chiqarish mudiri

2011-2013 yy. – “STONE” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori

2015 y. - 06.2017 – “Samarqandmarmar” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori



  • qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati tuzilmasini yanada rivojlantirish va diversifikatsiya qilish, tarmoq korxonalarini modernizatsiya qilish, texnologik va texnik qayta jihozlash uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish hamda uning eksport potensialini oshirish, xalqaro talab va standartlarga muvofiq zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy etishni ta’minlash;
  • mahalliy xom-ashyoni chuqur qayta ishlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, raqobatdosh, eksportga yo‘naltirilgan qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va turlarini kengaytirish, shuningdek yangi turdagi sifatli qurilish materiallariga bo‘lgan ichki talabni qondirishni ta’minlash;
  • qurilish materiallarining ichki va tashqi bozorlardagi marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, zamonaviy qurilish materiallariga bo‘lgan talabni aniqlashni tashkil etish;
  • zamonaviy, yuqori sifatli qurilish materiallarini ishlab chiqarishning energiya va resurslarni tejovchi ilg‘or texnologiyalarini sohaga keng joriy etishda yagona ilmiy-texnika va investitsiya siyosatini olib borishni tashkil etish;
  • sohadagi yetakchi chet el kompaniyalari bilan yuqori sifatli, zamonaviy qurilish materiallarini keng turda ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona va ishlab chiqarishlarni tashkil etishda faol ishtirok etish;
  • zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini faol joriy etish, tarmoqni boshqarishga yuqori malakali, shu jumladan xorijiy menedjerlarni keng jalb qilishda faol ishtirok etish;
  • qurilish materiallari ishlab chiqarishga yangi zamonaviy texnologiyalarni, shu jumladan mahalliy ilmiy-amaliy tadqiqotlar va ishlanmalar asosida joriy qilish va o‘zlashtirishda hamkorlik qilish;
  • respublikaning qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarini hududlarning talabi bilan yaqin bog‘liq holda va mahalliy qurilish materiallari xom-ashyo zahiralarining yangi konlarini kelgusida o‘zlashtirish orqali samarali foydalangan holda joylashtirilishini ta’minlash;
  • jamiyatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida va natijali bajarilishini, shuningdek vakolatli organlarga kiritiladigan hujjatlar va takliflar loyihalarini, hisob-kitoblarning asoslanganligini, kafolatlangan moliyalashtirish manbalari va erishiladigan prognoz natijalarning aniqligini o‘z vakolati doirasida ta’minlash;
  • jamiyatning Ishlab chiqarish va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish boshqarmasi, Sement, asbotsement mahsulotlari va bog‘lovchi materiallar ishlab chiqarish sho‘’basi, Devorbop materiallar, tabiiy tosh mahsulotlari va boshqa qurilish va pardozlovchi materiallar ishlab chiqarish sho‘’basi, Bosh energetik xizmati rahbar va mutaxassislarining ishini tashkil etish va devorbop materiallar, tabiiy tosh mahsulotlarini qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha korxonalar tomonidan tegishliligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, bayonnoma topshiriqlari, jamiyatning vakolatli boshqaruv organlari qarorlari, jamiyat Boshqaruvi raisining vazifa va topshiriqlari, ijroga berilgan tegishli hujjatlar ijrosining o‘z muddatida bajarilishini, shuningdek kelib tushgan xatlarni ko‘rib chiqish va javob yo‘llanishini ta’minlash;
  • davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan, shuningdek respublika Hukumati nazoratida qurilayotgan ob’ektlarni asosiy qurilish materiallari bilan ta’minlash bo‘yicha tezkor nazoratni amalga oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Iqtisodiyot vazirligiga tegishli axborotlarning o‘z muddatida taqdim etilishini ta’minlash;
  • qurilish materiallari ishlab chiqarish turlarini kengaytirish va hajmini oshirish bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlari va aholining, birinchi navbatda ustuvor umummilliy ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish uchun mavjud talablarni to‘liq qondirishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Boshqaruv raisining ishlab chiqarish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari o‘z vakolati doirasida quyidagilar bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ko‘radi:

  • importni qisqartirish maqsadida jamiyatning tashkiliy tuzilmasiga kirgan korxonalarni xom-ashyo tarkibiy qismlari (komponentlari), zarur asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va komplekt buyumlar bilan ta’minlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
  • jamiyatning tashkiliy tuzilmasiga kirgan korxonalarda ishlab chiqarilgan qurilish materiallari eksport hajmini oshirish;
  • jamiyatning tashkiliy tuzilmasiga kirgan korxonalar uchun qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy texnologik liniyalar va asbob-uskunalar va ularga ehtiyot qismlar ishlab chiqarilishini mahalliylashtirish;
  • sement ishlab chiqarish bo‘yicha korxonalar tomonidan sementni sotish monitoringi yuritilishini ta’minlash;
  • jamiyatning tashkiliy tuzilmasiga kirgan korxonalarning asbob-uskunalarini modernizatsiya qilish, rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlash bo‘yicha takliflar tayyorlanishi va ko‘rib chiqilishi tashkil etilishida, respublika hududlarida yangi turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarilishi o‘zlashtirilishi va zamonaviy texnologiyalar joriy etilishida ishtirok etish;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan hamkorlikda qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha korxonalarni nostandart, tejamkor bo‘lmagan uskunalarni energiya va resurslarni tejovchi maxsus ishlab chiqarish texnologiyalariga almashtirish orqali modernizatsiya qilishning borishi bo‘yicha monitoring yuritilishini va har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli materiallar taqdim etilishini ta’minlash;
  • zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalar, shu jumladan mini-texnologiyalar bilan jihozlangan devorbop materiallar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlarning belgilangan muddatlarda ishga tushirilishida hamkorlik qilish;
  • qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha korxonalarga nostandart, tejamkor bo‘lmagan uskunalarni energiya va resurslarni tejovchi maxsus ishlab chiqarish texnologiyalariga almashtirishda tijorat banklari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori bo‘lmagan miqdorda imtiyozli kreditlar ajratilishida hamkorlik qilish;
  • qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati tarmog‘ida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha manfaatdor korxonalar va tashkilotlar, keng miqyosdagi xorijiy va mahalliy investorlarga doimiy ravishda istiqbolli investitsiya loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yetkazilishini ta’minlash;
  • qurilish materiallari ishlab chiqarishning resurslarni tejovchi va yuqori ishlab chiqarish quvvatlariga ega texnologiyalarni joriy etish va yangi ishlab chiqarishni tashkil etish bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etishda tadbirkorlik sub’ektlariga amaliy yordam ko‘rsatish;
  • qonunchilik doirasida Jamiyat Boshqaruv raisining topshiriqlari bo‘yicha Boshqaruv raisining ishlab chiqarish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari vakolatiga kiruvchi boshqa vazifa va funksiyalarni bajarish.


Du
Se
Cho
08:00 - 11:00
Pa
Ju
Sha
08:00 - 11:00
Ya
Qabuliga yozilish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech