Xorijiy korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish

O‘zbekistonda xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun:

  1. Ustav fondi miqdori kamida 400 000 000 mln so‘m (qariyb 50 000 AQSh dollar) bo‘lishi;
  2. Umumiy ustav fondi miqdorida xorijiy yuridik shaxs ulushi kamida 15% ni tashkil etishi.

Xorijiy sarmoyador ishtirokida korxona tashkil etish uchun quyidagi vazifalar amalga oshirilishi zarur:

  • Muassis hujjatlari paketini ishlab chiqish yoki amaldagi korxona hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish (agarda investitsiya amaldagi korxonaga jalb qilinayotgan bo‘lsa).
  • Firma nomini zahiraga olib qo‘yish.
  • Muassis hujjatlarining notarial ishonchnomasi.
  • Yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi (qayta o‘tganligi).
  • Asosiy muhr va burchak shtampni tayyorlash (agar talab etilsa).
  • Bank xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzish va bank hisob raqamlarini ochish (endi tuzilayotgan korxonalar uchun).

Muassis hujjatlari muassislarning o‘zi yoki ular bilan shartnoma tuzgan uchinchi shaxslar (maslahat markazlari, yuridik firmalar va h.z.) tomonidan tayyorlanshi mumkin. Savdo-sanoat palatasining yaqinda joylashgan bo‘linmasiga murojaat etsa ham bo‘ladi. Bunda palata mutaxassislari shartnoma asosida kerakli hujjatlarni ishlab chiqadi. Muassislar Adliya vaziriginingrasmiy saytida joylashtirilgan muassis hujjatlarining namunaviy shakllaridan foydalanishlari mumkin.

Xorijiy sarmoyador ishtirokida yangi tuzilgan korxona davlat ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng yuridik shaxs maqomi va faoliyat yuritish huquqiga ega bo‘ladi. Ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi tashkil etilayotgan korxona maqomi (PII ili UIK)ga bog‘liq emas, u va bu turdagi korxonalar tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Yagona markazlar tomonidan “yagona darcha” tamoyili aosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

“Yagona darcha” markaziga Muassis – yuridik shaxsning joylashgan manzili yoki muassis – jismoniy shaxsning doimiy yashash manzili bo‘yicha murojaat qilish lozim. 2017 yil 1 yanvardan boshlab tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish Internet orqali Interfaol davlat xizmatlari yagona portaligi integratsiyalashtirilgan tadbirkorlik sub’ektlarini avtomatlashgan ro‘yxatga olish tizimi yordamida amalga oshirish mumkin.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech