Uyushma haqida

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 fevraldagi PQ-4198-son “Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, tashkiliy-huquqiy shakliga ko‘ra, nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanadi.

Mazkur qarorga muvofiq, qurilish materiallari sanoatining ixtiyoriy asosda kiruvchi korxonalari «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining a’zolari hisoblanadi.

«O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi uyushma ta’sischilarining umumiy yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlanadi.

«O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining raisi va uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi taqdimnomasi bo‘yicha uyushma ta’sischilarining umumiy yig‘ilishi qarori bilan saylanadi;

«O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasini joriy ta’minlash va uning faoliyatini moliyalashtirish uyushma a’zolarining badallari va ajratmalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;

quyidagilar «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari hisoblanadi:

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi a’zolari manfaatlarini ifoda etish va himoya qilishni ta’minlash, shuningdek, qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha ularga takliflar kiritish;

yuqori qo‘shilgan qiymatli qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, shuningdek, ixtisoslashgan yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan qo‘shma ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni o‘zlashtirish uchun investitsiyalar, birinchi navbatda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlik qilish;

talab etilayotgan sifatli mahsulot ishlab chiqarish turlarini kengaytirish, ichki bozorni import o‘rnini bosuvchi va raqobatbardosh qurilish materiallari hamda mahalliy ishlab chiqarilgan buyumlar bilan to‘ldirish, shuningdek, tarmoqning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi a’zolari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;

hududlarning salohiyatini yanada rivojlantirish istiqbollaridan, xom ashyo bazasi, infratuzilmalar, mehnat va boshqa resurslar hamda bozorlarning mavjudligidan kelib chiqqan holda korxonalarni joylashtirishga ko‘maklashish.

Uyushma tasarrufida jami 3 ta yuridik shaxslar ya’ni «O‘zqurilishmaterialLITI» MCHJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi, «Tog‘ geologiya jamlama ekspeditsiyasi» MCHJ hamda «Uzbuildinvest» MCHJ mavjud bo‘lib, bugungi kunda (2022 yil 5 aprel holatiga) uyushmaga 158 ta korxona va tashkilotlar ixtiyoriy ravishda a’zo hisoblanadi.

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech