Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Matbuot xizmati xodimlari bilan bog'lanish uchun ma'lumotlar

“O'zqurilishmateriallari” AJ veb-sayti uchun ma'lumotlarni to'plash, joylashtirish va yangilab borish uchun Matbuot xizmatining mas'ul xodimlari bilan bog'lanish uchun ma'lumotlar

Matbuot xizmati mas'ul xodimi bilan bog'lanish uchun ma'lumot - Mirzayev Baxtiyor Adxamovich. Telefon: 252-20-65, e-mail: upravdel@uzsm.uz.

Jamiyatining veb-sayti uchun ma'lumotlarni to'plash, joylashtirish va yangilab borish bo'yicha mas'ul xodim - Abdunazarov Aziz Uktamovich. Telefon: 256-74-37, e-mail: admin@uzsm.uz.

«O‘zqurilishmateriallari» aksionerlik jamiyati axborot xizmati to‘g‘risida nizom

I. Umumiy qoidalar

«O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati (keyingi o‘rinlarda «Matbuot xizmati»), «O‘zqurilishmateriallari» AJ, uning tarkibiga kiradigan korxonalarning va strukturaviy bo‘linmalarining ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan ishlashini muvofiqlashtirish (koordinatsiya qilish) uchun tashkil topgan.

Matbuot xizmati, «O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyatining strukturaviy bo‘linmalari, uning tarkibiga kiradigan korxonalar, hamda davlat hukumati organlari, vazirliklar, mahkamalar (idoralar) va respublikaning boshqa organlari bilan hamkorlikda o‘z faoliyatini amalga oshiradi.

Matbuot xizmati o‘zining faoliyatida Konstitutsiyaga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatasining qarorlari va boshqa aktlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, «O‘zqurilishmateriallari» AJ buyruqlari va farmoyishlariga.

II. Matbuot xizmatining asosiy maqsad va vazifalari

Matbuot xizmatining asosiy maqsadi quyidagicha:

  • belgilanadigan axborot siyosatining shakllantirilishi va amalga oshirilishida qatnashish;
  • «O‘zqurilishmateriallari» AJ, uning strukturaviy bo‘linmalari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarkibiga kiradigan korxonalar faoliyatini axborot bilan ta'minlash;
  • «O‘zqurilishmateriallari» AJ da bo‘lib o‘tgan muhim tadbirlar to‘g‘risidagi rasmiy xabarlarni tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida tezkor tarzda tarqatish;
  • «O‘zqurilishmateriallari» AJ va uning korxonalari faoliyati to‘g‘risidagi jamoatning ijobiy fikrlarini ommaviy axborot vositalari yordamida shakllantirish;
  • Nashriyot va teleradiodasturlar, xalq va jamoatchilik bilan ishlash, hamda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari kanallari orqali «O‘zqurilishmateriallari» AJ va uning korxonalari faoliyati to‘g‘risida milliy va xorijiy jamoatchilikka ma'lumot berish;
  • milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan tezkor hamkorlik qilishni tashkil qilish.

III. Matbuot xizmatining asosiy maqsad va vazifalari

1. Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan press-konferensiyalar, intervyular, boshqa uchrashuvlar tashkil qilish;

2. «O‘zqurilishmateriallari» AJ va uning korxonalari ishtirokidagi tadbirlarni yoritish uchun ommaviy axborot vositalari vakillarini taklif qilish;

3. Ommaviy axborot vositalarida «O‘zqurilishmateriallari» AJ rahbariyatining chiqishlarini ta'minlash;

4. «O‘zqurilishmateriallari» AJ va uning korxonalari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan video, foto va audio materiallarni tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida tarqatish;

5. Internet tarmoqlarida «O‘zqurilishmateriallari» AJ ning veb-resurslarini yaratish, qo‘llab quvvatlash va uning samarali ishlashini ta'minlash;

6. «O‘zqurilishmateriallari» AJ ning veb-sayti uchun voqyea-hodisalar va tadbirlar to‘g‘risidagi yangilik materiallarini tayyorlash va global Internet tarmog‘iga joylashtirishda ishtirok etish;

7. Ommaviy axborot vositalari uchun davriy tarzda xabarlar (press-relizlar, byulletenlar, qisqa ma'lumotlar) chiqarish va tarqatish;

8. «O‘zqurilishmateriallari» AJ rahbariyati uchun, ommaviy axborot vositalaridagi xabarlar va nashrlardan, hamda ma'lumotnomalar va analitik materiallardan qisqacha ma'lumot tayyorlash;

9. «O‘zqurilishmateriallari» AJ korxonalari va mustaqil bo‘linmalariga, Axborot xizmati vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha konsultativ ko‘maklashadi.

IV. Matbuot xizmati faoliyatini ta'minlash

Matbuot xizmati o‘zining asosiy maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun quyidagi huquqga ega:

  • o‘zining vazifasini bajarish uchun kerakli materiallarni, «O‘zqurilishmateriallari» AJ ning bo‘linmalari va uning korxonalaridan, rasmiy o‘rnatilgan tartibda so‘rash va olish;
  • zarur bo‘lgan holatda, «O‘zqurilishmateriallari» AJ rahbariyati bilan kelishgan holda, «O‘zqurilishmateriallari» AJ va uning korxonalarining boshqa bo‘linmalaridan xodimlarni, belgilangan vazifalarni bajarish uchun mutaxassislarni jalb etish;

Axborot xizmati faoliyatini ma'lumot, xujjat, huquq, material-texnik va transport bilan ta'minlash, hamda «O‘zqurilishmateriallari» AJ xo‘jalik-maishiy xizmat ko‘rsatishni ta'minlash

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech