Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
23 sentyabr 2016 y.    14:23

“Qizilqumsement” АЖ Бош директори

Malaka talablari

Kasbiy ta’lim darajasi

Talablar

Oliy (qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida oliy ma’lumot mavjudligi qo‘llab-quvvatlanadi)

Ish staji: Rahbar lavozimlarda kamida 3 yil

Xorijiy tillarni bilish: qo‘llab-quvvatlanadi

Sertifikatlar mavjudligi: Korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublari sohasida sertifikat mavjudligi qo‘llab-quvvatlanadi 

I. Lavozim majburiyatlari:

2.1. Jamiyatning joriy faoliyatini boshqaradi;

2.2. Jamiyat Aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi va Kuzatuv kengashining qarorlarini bajarishni tashkil etadi;

2.3. Maksimal daromad odi va aksiyadorlarning huquqlariga rioya etish maqsadida Jamiyatning barqaror va samarali faoliyat yuritishini ta’minlaydi.

II. Mehnatga haq to‘lash shartlari:

Mehnatga haq to‘lash shartlari va boshqa maishiy to‘lovlar Bosh direktor bilan amaldagi mehnat qonunchiligi, Jamiyatning ustavi va ichki normativ hujjatlariga muvofiq imzolanadigan mehnat shartnomasi binoan amalga oshiriladi.

III. Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

1. Kasbiy va malakaviy ko‘nikmalar:

Qurilish materiallarini ishlab chiqarish sohasida bilimlar;

Iqtisodiyot, menejment va marketing sohalarida bilimlar;

Korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati tahlilini amalga oshirish qobiliyati.

2. Shaxsiy sifatlar

Mas’uliyatli, strategik va operativ qarorlar qabul qila olish qobiliyati, jamoa tuzish va uning faoliyatini tashkil eta bilish qobiliyati, tartiblilik, puxtalik, muloqotga kirish layoqati, tashabbuskorlik, kreativlik, muzokaralar olib borish tajribasi, tig‘iz sharoitida ishlay olish qobiliyati.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan savollar bo‘yicha yanada to‘liqroq ma’lumotni www.qizilqumsement.uz saytida joylashtirilgan jamiyatning normativ hujjatlarida topishingiz mumkin.

Hujjatlarni qog‘oz ko‘rinishida topshirish quyidagi manzilda amalga oshiriladi: 100070, Toshkent shahri, Tafakkur ko‘chasi, 68A, “O’zqurilishmateriallari” AK binosi, 405 kabinet;

Ma’lumot uchun telefonlar: +998 71 2555586

Nomzodlar tomonidan hujjatlarni topshirish muddati – 2017 yil 10 yanvar soat 18.00 ga qadar;

Hujjatlar nomzodning o‘zi yoki tashabbuschi tomonidan quyida keltirilgan shakldagi ariza bilan topshiriladi:

Namuna arizalar, mezonlar va mansabdor talablar

Rezyume jo’natish

Максимальный размер файла 3.00 MB

* To’ldirish majburiy bo’lgan katakchalar
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech