• Главная
  • Faoliyat
  • Vakansiyalar
  • Uyushma ijro etuvchi apparatining Ishlab chiqarish va mavjud quvvatlardan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha rais o‘rinbosari qabulxonasi kotibi

Uyushma ijro etuvchi apparatining Ishlab chiqarish va mavjud quvvatlardan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha rais o‘rinbosari qabulxonasi kotibi

10 yanvar 2024 y.    18:21

DIQQAT TANLOV!

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi (bundan keyin matnda – Uyushma deb yuritiladi) bo‘sh (vakant) ish o‘rni bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

1. Bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumotlar (bo‘sh (vakant) ish o‘rni:
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Ishlab chiqarish va mavjud quvvatlardan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha rais o‘rinbosari qabulxonasi kotibi (kotibasi) (bundan keyin matnda –Kotib (kotiba) deb yuritiladi).

2. Bo‘sh (vakant) ish o‘rniga qo‘yiladigan malaka talablari:
Kotib (kotiba) lavozimiga oliy yoki o‘rta maxsus maʼlumotga va kamida bir yillik ish stajiga ega shaxs tayinlanishi mumkin.
Kotib (kotiba) lavozimiga nomzodlar quyidagilarni:
O‘zbek, rus va ingliz tillarini;
 Uyushma faoliyatiga, shu jumladan bo‘lim yo‘nalishiga aloqador qonunchilik va meʼyoriy-huquqiy hujjatlar;
Uyushmaning tizimi, tashkiliy tuzilmasi hamda vazifalari va funksiyalari;
mehnat qonunchiligi asoslari;
ish yuritishni tashkil etish bo‘yicha meʼyoriy hujjatlar va idora texnikalaridan to‘g‘ri foydalanish asoslari;
qonunchilikda belgilangan talablar darajasida shaxsiy kompyuterda qo‘llaniladigan asosiy dasturlarda ishlashni;
mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik choralari, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘indan himoya qoidalari va meʼyorlarini bilishi lozim.

3. Kotib (kotiba)ning lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
Uyushma rahbariyati qabulxonasida hujjatlar bilan ishlash, qabullarni tashkil etish bo‘yicha barcha ishlarni muvofiqlashtirish;
ishlar nomenklaturasi bo‘yicha belgilangan tartibda ish yuritishni, ijro intizomini nazorat qilish, rais va uning o‘rinbosarlari qabulxonasidan kelib tushgan so‘rovlar va topshiriqlar bilan ishlash;
Uyushmaning tarkibiy bo‘linmalari, Uyushma tarkibiga kiruvchi tashkilotlar va korxonalar bilan belgilangan tartibda o‘zaro munosabatlarni tashkil etish, Uyushma tarkibidagi korxona va tashkilotlar, Uyushma taʼsischiligida tashkil etilgan korxonalar faoliyati bilan bog‘liq Uyushma rahbariyatining topshiriqlari va ko‘rsatmalarini bajarish;
Uyushma rahbariyati hamda bo‘lim boshlig‘i topshiriqlari bo‘yicha kiruvchi va chiquvchi hujjatlarni hisobga olish;
Uyushma vazifalari bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni sifatli va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini taʼminlashda ishtirok etish;
Jismoniy va yuridik shaxslardan, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi (pm.gov.uz) orqali kelib tushayotgan murojaatlarni O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuni talablariga qatʼiy muvofiq ravishda sifatli va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini tashkil etishda ishtirok etish;
Uyushma rahbariyati tomonidan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni, shu jumladan joylarda sayyor qabullarni tashkil etish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishning tegishli jadvallarini tuzishda ishtirok etish;
Uyushmaning tarkibiy bo‘linmalari, uyushma tarkibiga kiradigan tashkilotlar va korxonalar bilan belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlik qilish, uyushma rahbariyatining topshiriqlari va ko‘rsatmalarini bajarish;
belgilangan talablar, bo‘limdagi ishlar nomenklaturasiga muvofiq ish yuritish;
Uyushma ijro etuvchi apparatining Ijro intizomini nazorat qilish va murojaatlar bilab ishlash xizmati to‘g‘risidagi nizom, mazkur lavozim yo‘riqnomasi va qonun hujjatlariga muvofiq o‘z vazifalari doirasida rahbariyat topshirig‘iga ko‘ra, boshqa vazifalarni bajarish.

3.1. Kotib (kotiba)ning funksional majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Uyushma rahbariyati va bo‘lim boshlig‘ining tegishli topshiriqlarini bajarish;
Uyushma boshqaruv raisi, boshqaruv raisining ilm-fan va innnovatsiyalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari yoki Uyushma boshqaruvi raisining o‘rinbosarlari hamda bo‘lim boshlig‘i topshiriqlariga muvofiq Uyushma ijro etuvchi apparatida tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari, Uyushma tarkibidagi korxona va tashkilotlar, Uyushma taʼsischiligida tashkil etilgan korxona va tashkilotlar rahbarlari va xodimlari ishtirokida yig‘ilishlarni tashkil etish, yig‘ilish materiallarini tarqatish, kun tartibi, yig‘ilishlar o‘tkaziladigan joy, sana va vaqti to‘g‘risida qatnashchilarga xabarnomalar tayyorlash, xabarnomalarni xodimlarga yetkazish, yig‘ilish bayonnomalarini tuzishda ishtirok etish;
Uyushma boshqaruvi raisi, boshqaruv raisining ilm-fan va innovatsiyalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, boshqaruv raisining o‘rinbosarlari qabuliga tashrif buyuruvchilarni qabul qilishni tashkil etish, tadbirkorlik subʼektlari vakillari bilan uchrashuvlar va muzokaralar tashkil etish, tayyorlangan materiallarini tarqatish, kun tartibi, yig‘ilish, uchrashuvlar o‘tkaziladigan joy, sana va vaqti to‘g‘risida ishtirokchilarga xabarnomalar tayyorlash va yetkazish;
kelib tushayotgan yozishmalarni o‘rganish hamda Uyushma rahbariyatiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etish;
axborot materiallarini tayyorlashni tashkil etish va tegishli manzilga yuborish, boshqaruv raisi, boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari yoki o‘rinbosarlarining hisoboti uchun materiallarni tayyorlash, ayrim masalalar bo‘yicha axborotlar tayyorlash;
Uyushma ijro etuvchi apparatining Ijro intizomini nazorat qilish va murojaatlar bilab ishlash xizmati nizomi, qonunchilik hujjatlariga muvofiq, mazkur lavozim yo‘riqnomasida belgilangan vazifalari doirasida rahbariyat topshirig‘iga ko‘ra, boshqa vazifalarni bajarish.

4. Ish haqi: 3 200 000 (uch million ikki yuz ming) so‘m.

5. Tanlov o‘tkazish joyi va kunlari:
Tanlov Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Tafakkur ko‘chasi, 68-A-uy manzilida joylashgan Uyushma idora binosining 4-qavatidagi kichik majlislar zalida 2024-yil 12-fevral kuni, soat 15.00da o‘tkaziladi. Shu kuni, Tanlov komissiyasi a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etmaganligi sababli tanlov bo‘lib o‘tmagan taqdirda, takroriy tanlovlar 2024-yil 15-, 22-fevral kunlari soat 15.00da o‘tkaziladi.

6 Tanlov tadbirlarida berilishi mumkin bo‘lgan savollarning namunaviy ro‘yxati:
1. Qaysi xorijiy tillarni bilasiz?
2. Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlarni sifatli va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini tashkil etish tartibi qanday?
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi (pm.gov.uz) faoliyati to‘g‘risida gapirib bering?
4. O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuni qachon qabul qilingan?
5. Uyushma rahbariyati tomonidan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tartibini bilasizmi?
6. Joylarda sayyor qabullarni tashkil etish tartibidan xabardormisiz?
7. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishning tegishli jadvallarini tuzish qanday amalga oshiriladi?
8. Rahbar huzurida yig‘ilishlarni tashkil etish, yig‘ilish materiallarini tarqatish, kun tartibi, yig‘ilishlar o‘tkaziladigan joy, sana va vaqti to‘g‘risida qatnashchilarga xabarnomalar tayyorlash, xabarnomalarni xodimlarga yetkazish qanday amalga oshiriladi?
9. Rahbar huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish bayonnomalarini tuzishni bilasizmi?
10. Rahbar qabuliga tashrif buyuruvchilarni qabul qilishni tashkil etish tartibi qanday?
11. Rahbar bilan tadbirkorlik subʼektlari vakillari bilan uchrashuvlar va muzokaralar tashkil etish tartibi haqida gapirib bering?
12. Uyushmaga kelib tushayotgan yozishmalarni o‘rganish hamda Uyushma rahbariyatiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etish tartibi qanday?
13. Rahbarga yig‘ilishlar bo‘yicha axborot materiallarini tayyorlashni tashkil etish va tegishli manzilga yuborish, Rahbarning hisoboti uchun materiallarni tayyorlash, ayrim masalalar bo‘yicha axborotlar tayyorlashni takomillashtirish bo‘yicha takliflaringiz bormi?
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4198-sonli qarori bilan tanishmisiz, tanish bo‘lsangiz uning mazmuni nima haqida?
15. “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari nimalardan iborat?
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi PQ-4335-sonli qarori nima to‘g‘risida?
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi PQ-4335-sonli qarorida qanday maqsad va vazifalar belgilangan?
18. O‘zbekistonda necha turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarilishini bilasizmi?
19. Boshqa savollar.

7. Nomzodlar Tanlov komissiyasiga quyidagi shakldagi ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qilishlari mumkin:


Ishga qabul qilish bo‘yicha tanlovni o‘tkazishda Uyushmaga
nomzod tomonidan taqdim etiladigan arizaning
ShAKLI


Tanlov komissiyasiga

1.

Ariza beruvchi nomzodning F.I.O:

2.

Yashash manzili (respublika, viloyat, shahar, tuman, qishloq, ovul, ko‘cha xonadon raqami) to‘liq ko‘rsatiladi):

3.

JShIR raqami:

4.

Pasport yoki ID-karta ma’lumotlari:
(seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon berilgan)

5.

Bog‘lanish uchun telefon:

6.

Ma’lumoti:
(umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy)

7.

Tugatgan ta’lim muassasasining nomi:

8.

Diplom (shahodatnoma) bo‘yicha mutaxassisligi, uning seriyasi, raqami, berilgan sanasi va bergan ta’lim muassasasining nomi:

9.

Malaka oshirganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar (qachon va qaysi tashkilot tomonidan berilgani, seriyasi va raqami, qaysi mavzu bo‘yicha malaka oshirganligi) (agar mavjud bo‘lsa):

10.

Malaka toifasiga ega ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (qachon va qaysi tashkilot tomonidan berilgani, seriyasi va raqami, qaysi ixtisoslik bo‘yicha toifa berilgani) (agar mavjud bo‘lsa):

11.

Umumiy ish staji (agar mavjud bo‘lsa), shundan bo‘sh (vakant) ish o‘rni uchun talab etiladigan mutaxassislik bo‘yicha:

12.

Ariza to‘ldirilgan sana:

13.

Shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanishga roziligi (ariza beruvchi shaxsning imzosi):

 

Murojaat uchun manzil: 100070, Тоshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Tafakkur ko'chasi, 68a-uy.
Теlefon raqamlari:  (+998) 71 252 20 63, 71 252 20 65. Fаks:  (+998) 71 255 77 07
Veb-sayt: www.uzsm.uz. Elektron pochta: info@uzsm.uz. E-XAT: uzqm@exat.uz.


Microsoft Word fayl yuklab olish



Rezyume jo’natish

Максимальный размер файла 3.00 MB

* To’ldirish majburiy bo’lgan katakchalar

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech