Uyushma ijro etuvchi apparatining Ilm-fan bilan ishlash bo’yicha xodim va eksport hamda import masalalari bo‘yicha xodimlar

12 fevral 2024 y.    18:31

DIQQAT TANLOV!

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Ilm-fan bilan ishlash bo’yicha xodim va  eksport hamda import masalalari bo‘yicha xodimlarga bo‘sh (vakant) ish o‘rni e’lon qiladi.

1. Bo‘sh (vakant) ish o‘rniga qo‘yiladigan malaka talablari:

Ushbu ish o‘rinlariga oliy iqtisodiy, moliyaviy, texnik maʼlumotga ega va davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organlarida kamida uch yil ish stajiga ega bo‘lgan shaxs tayinlanishi mumkin.
Istisno holatlarda, nomzodning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridagi ish tajribasi, sohadagi malakasi, tashabbuskorligi, tashkilotchiligini va bilimlarini tubdan takomillashtirishga intilishini hisobga olgan holda, boshqarma boshlig‘i lavozimga boshqa oliy maʼlumotli shaxs ham tayinlanishi mumkin.

Ushbu bo‘sh (vakant) ish o‘rinlariga nomzodlar quyidagilarni:

O‘zbek, rus va ingliz tillarini;

Uyushma faoliyatiga, shu jumladan bo‘lim yo‘nalishiga aloqador qonunchilik va meʼyoriy-huquqiy hujjatlar;

Uyushmaning tizimi, tashkiliy tuzilmasi hamda vazifalari va funksiyalari;
mehnat qonunchiligi asoslari;

ish yuritishni tashkil etish bo‘yicha meʼyoriy hujjatlar va idora texnikalaridan to‘g‘ri foydalanish asoslari;

qonunchilikda belgilangan talablar darajasida shaxsiy kompyuterda qo‘llaniladigan asosiy dasturlarda ishlashni;

mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik choralari, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘indan himoya qoidalari va meʼyorlarini bilishi lozim.

Suxbat o‘tkazish joyi:

Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Tafakkur ko‘chasi, 68-A-uy manzilida joylashgan Uyushma idora binosining 4-qavatidagi kichik majlislar zalida o‘tkaziladi.

Murojat uchun telefon: +998 99 514 64 74

Rezyume jo’natish

Максимальный размер файла 3.00 MB

* To’ldirish majburiy bo’lgan katakchalar

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech