"O'zqurilishmateriallari" AJ xodimlariga mehnat faoliyatiga oid ma’lumotnoma berish

DAVLAT XIZMATI REGLAMENTI
«AJ "O'zqurilishmateriallari" xodimlariga mehnat faoliyatiga oid ma’lumotnoma berish»

1. Xizmat bayoni (pasporti)

1.1. Xizmat nomi:

"O'zqurilishmateriallari" AJ xodimlariga Mehnat faoliyatiga oid ma’lumotnoma berish.

1.2. Xizmat natijasi:

Xizmat natijasi "O'zqurilishmateriallari" AJ vakolati doirasida mehnat faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berish. Jismoniy shaxsning jamiyatga so’rovi (murojaati) orqali taqdim etiladigan axborot.

1.3. Xizmat ko'rsatuvchi organlar va blankalarni olish joylari:

Blankalar yoki boshqa hujjatlarning zarurati yo'q, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan murojaatlarga o'rnatilgan talablarga rioya etish yetarli hisoblanadi.

1.4. Huquqiy asoslar:

  • O'zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, 3.12.2014 y. №O’RQ-378;
  • O'zbekiston Respublikasi "Elektron hukumat to'g'risida" gi Qonuni 9.12.2015 yil,
    №O’RQ -395;
  • O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo axborot hamkorligi tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarori 13.05.2015 y. №120;
  • “O'zqurilishmateriallari” AJ ustavi.

1.5. Xizmatdan foydalanuvchilar:

Jismoniy shaxs.

1.6. So'rovnoma yuborish muddati:

Muddat belgilanmagan.

1.7. Bajarish muddati:

So'rov olingan kundan e'tiboran o’n kunga ga qadar, yoki qo'shimcha o'rganishni talab qilingan hollarda.

1.8. Tasdiqlash berish muddati:

Bir ish kuni. 

2. Xizmatdan foydalanuvchilarni xabardor etish

2.1. Axborot tarkibi va hajmi:

Har qanday ariza beruvchi shaxsga turli aloqa shakllari (telefon, elektron pochta, va hokazo) orqali xizmat ko'rsatish kursi haqida to'liq va aniq davlat xizmatlarini ko'rsatish shuningdek, axborot bilan ta'minlash kafolatlanadi.

2.2. Keng xabardor etish:

Ko’zda tutilmagan.

2.3. So'rovnoma bo'yicha xabardor etish:

Shaxsan: xizmatdan foydalanish bo'yicha istalgan savollarga dushanbadan-jumagacha 9-00 – 18-00 gacha og'zaki konsultatsiya (20 minutdan ko'p emas) berish va O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga mos ravishda rasmiylashtirilgan standart matn, zarur hujjatlar tarkibi to'g'risida yozma ma'lumotni taqdim etish.

Faks bo'yicha: kecha-kunduz istalgan yozma so'rovnomalarni qabul qilish.

Elektron pochta orqali: kecha-kunduz matn ko'rinishida, murojaat etuvchining imzosi qo'yilgan (PDF) istalgan yozma so'rovnomalar yoki boshqa kelishilgan boshqa turdagilarni qabul qilish.

2.4. Xizmat ko'rsatiladigan joy haqida xabardor qilish:

O'zbekiston Respublikasi, 100070, Toshkent sh., Tafakkur ko'ch., 68 a

Telefon: + (998 71) 2522063, 2522065

2.5. Foydalaniladigan hujjatlar blankalari (shakllari):

Ko'zda tutilmagan.
3. Xizmat ko'rsatish

3.1. Ish vaqti:

Dushanbadan-jumagacha 9-00 – 18-00 gacha.

3.2. Kutish shartlari:

Qabul qilish vaqti: ish vaqti davomida Dushanbadan-jumagacha 9-00 – 18-00 gacha, telefonda yozilganga ko’ra yoki qabul jadvaliga muvofiq.

4. Xizmatni ko'rsatish tartibi

4.1. Zarur hujjatlar:

Jismoniy shaxs o'z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni,-taqdim etishi lozim.

4.2. Xizmat narxi:

Xizmat bepul ko'rsatiladi.

4.3. Xizmat ko'rsatish bosqichlari:

Zarur hollarda, arizachi tomonidan “O'zqurilishmateriallari” AJga so'rovnoma yuboriladi. Axborot olish uchun so'rovnoma yuborilib, u o'rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgandan so'ng, hujjat sifatli javob tayyorlashga mas'ul bo'limni aniqlash maqsadida kompaniya rahbariyatiga rezolyutsiya uchun yuboriladi. Mazkur hujjatning mazmuni o'rganib chiqilgandan so'ng, topshiriqni bajarish bo'yicha nazorat hisob kartochkasi tayyorlanadi. Belgilangan muddatlarda mas'ul bo'lim mazkur murojaatga javob tayyorlaydi va uni xizmatdan foydalanuvchiga yuboradi.

4.4. Davlat xizmatini ko'rsatishning ichki idoraviy tartibi:

1)  tadbir: hujjatni ro'yxatga olish va kompaniya rahbariyatiga yuborish;

2)  tadbir: Ish yuritish bo'limiga yuborish. Bo'lim tomonidan hujjatni bajarish nazorat hisobot kartochkasi tayyorlanadi va u keyinchalik javobni tayyorlashga mas'ul bo'limga yuboriladi;

3) tadbir: Arizachiga yozma javob tayyorlashga mas'ul bo'lim tomonidan javob tayyorlanishi va uni ro'yxatga olish uchun Ish yuritish bo'limiga yuborish;

4) Ish yuritish bo'limi tomonidan arizachiga hujjatni topshirish.

4.5. Rad etish uchun asos:

Murojaat etuvchi tomonning rekvizitlari ko'rsatilmagan bo'lsa yoki u to'g'risida noto'g'ri ma'lumotlar ko'rsatilgan bo'lsa, hujjatga imzo qo'yilmagan bo'lsa, hujjat anonim hisoblanadi va ko'rib chiqilmaydi.

5. Sifatni ta'minlash

5.1. Sifat ko'rsatkichlari:

Avval ko'tarilgan masalalar bo'yicha qayta axborot berish qismida so'rovnomalarning yo'qligi.

5.2. Sifatsiz xizmat yuzasidan shikoyat qilish:

Olingan axborot yuzasidan xizmat foydalanuvchisi tomonidan shikoyat qilishda uni shunga majbur qilgan aniq sabablarni ko'rsatish lozim. Shikoyat kiritish usuli – yozma ravishda shikoyatning mohiyatini bayon etgan holda belgilangan qonunchilikka asosan amalga oshiriladi.

Format: pdf Yuklab olish 324.89 KB


Fikr-mulohaza

Select date in calendar

* To’ldirish majburiy bo’lgan katakchalar


So’rov
Отлично
%
Хорошо
%
Плохо
%
Затрудняюсь ответить
%

Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar so'rovda qatnashishi mumkin!


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech