Boshqaruv raisi v.v.b. (Boshqaruv raisining tabiiy pardozbop toshlar va boshqa top mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari) Bobokulov Baxtiyor Baxronbekovich 1971 yil 20 iyunda tug‘ilgan.
Ma’lumoti – oliy. Mutaxassisligi –muhandis quruvchi. Rus tilini biladi.
Boshqaruv organlari tizimidagi ish tajribasi – 21 yil, 2019 yilning aprel oyidan buyon “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Boshqaruvi raisining tabiiy pardozbop toshlar va boshqa tosh mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.
Maxsus bilimlar darajasi – 1996 yilda Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutini tamomlagan.
Malaka darajasi – iqtisodiyot va ishlab chiqarish tarmog‘i jarayonlari hamda uni boshqarish bo‘yicha malakali mutaxassis, tahliliy va boshqaruv qobiliyatlariga ega. Tabiiy pardozbosh toshlarni qazib olish va qayta ishlash korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatida bevosita ishtirok etish va ularni boshqarish bo‘yicha 25 yillik ish tajribasi mavjud.
Hujjatlar bilan ishlash mahorati – me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish, takliflar tayyorlash, shuningdek ijro intizomini mustahkamlashga oid o‘rnatilgan talablar doirasida hujjatlar bilan ishlashda yetarli tajribaga ega.
Xodimlarga rahbarlik qilish mahorati – tabiiy pardozbop toshlarni qazib olish va qayta ishlash korxonalari hamda xo‘jalik boshqaruvi organida rahbarlik lavozimlarida ishlash jarayonida xodimlarga rahbarlik qilish hamda qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati tarmog‘ini rivojlantirish va ishlab chiqarishni boshqarishni tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘nikmalarga ega.
1999-2000 yillarda “ASR marmar-granit” qo‘shma korxonasi texnik direktori;
2000-2011 yillarda “Zarmarmar” sho‘’ba korxonasi ishlab chiqarish mudiri;
2011-2013 yillarda - “STONE” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori;
2015-2017 yillarda “O‘zqurilishmaterialari” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi “Samarqandmarmar” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori;
2017 yilning iyul oyidan 2019 yilning aprel oyiga qadar “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisining ishlab chiqarish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Tabiiy pardozbosh toshlarni qazib olish va qayta ishlash korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatida bevosita ishtirok etish va ularni boshqarish bo‘yicha 26 yillik ish tajribasiga ega.