Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Jamiyat Boshqaruvi raisining o‘rinbosari
Telefon:
998(71) 252-20-63
Faks:
998(71) 255-77-07
Elektron pochta: 3188@uzsm.uz

1988 yilda tug'ilgan. Ma'lumoti-oliy. 2009 yilda Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti siyosatshunos mutaxassisligi bo'yicha tugatgan.

Mehnat faoliyati

2009-2011 yy. - “O‘zqurilishmateriallari” AKning “Turonqurilishmateriallari” ShK marketing bo‘yicha 3- toifali mutaxassisi.

2011-2012 yy. - “O‘zqurilishmateriallari” AKning “Turonqurilishmateriallari” ShK marketing bo‘yicha yetakchi mutaxassisi.

2012-2016 yy. - “O‘zqurilishmateriallari” AKning “Turonqurilishmateriallari” ShK marketing bo‘yicha bosh mutaxassisi.

2016-2016 yy. - “O‘zqurilishmateriallari» AKning «Turonqurilishmateriallari” ShK Ish yuritish bo‘limi boshlig‘i (asosiy ish joyi), “O‘zqurilishmateriallari” AK ish yurituvchisi (o‘rindoshlik asosida).

2016-2017 yy. - “O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyatining ofis-menejeri xizmati bosh mutaxassisi.

04.08.2017y. 24.08.2017y.“O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyatining Devorbop materiallar, tabiiy tosh mahsulotlari va boshqa qurilish va pardozlovchi materiallar ishlab chiqarish sho‘’basi boshlig‘i.

25.08.2017y.-h.v. “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisining iqtisodiyot, moliya va korporativ boshqaruv bo‘yicha o‘rinbosari

  • Jamiyatda o‘z vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida va natijali bajarilishini, shuningdek vakolatli organlarga kiritiladigan hujjatlar va takliflar loyihalarini, hisob-kitoblarning asoslanganligini, kafolatlangan moliyalashtirish manbalari va erishiladigan prognoz natijalarning aniqligini ta’minlash;
  • jamiyatning Strategik rejalashtirish va iqtisodiyot bo‘limi, Moliya va buxgalteriya hisobi bo‘limi, Korporativ munosabatlar va qimmatli qog‘ozlar xizmati rahbar va mutaxassislarining ishini tashkil etish va ilmiy-tadqiqot, geologiya va qidiruv va boshqa yordamchi korxonalar tomonidan tegishliligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, bayonnoma topshiriqlari, jamiyatning vakolatli boshqaruv organlari qarorlari, jamiyat Boshqaruvi raisining vazifa va topshiriqlari, ijroga berilgan tegishli hujjatlar ijrosining o‘z muddatida bajarilishini, shuningdek kelib tushgan xatlarni ko‘rib chiqish va javob yo‘llanishini ta’minlash;
  • zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini faol joriy etish, tarmoqni boshqarishga yuqori malakali, shu jumladan xorijiy menedjerlarni keng jalb qilishni ta’minlash;
  • tarmoq korxonalarini xususiylashtirish jarayonlarini yakunlash yo‘li orqali raqobatni shakllantirish va qurilish materiallari bozorini monopoliyadan chiqarish, xususiy korxonalar tashkil etilishini rag‘batlantirish va qurilish materiallari ishlab chiqarishga xorijiy va mahalliy investorlarni jalb etish bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirish;
  • o‘z vakolati doirasida jamiyatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, shuningdek Hukumat qarorlari bajarilishi bo‘yicha ijro intizomi holatini tanqidiy va tizimlig tahlil qilib borilishini ta’minlash;
  • o‘z vakolati doirasida Boshqaruv raisining o‘rinbosari quyidagilar bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ko‘radi:
  • importni qisqartirish maqsadida, jamiyatning tashkiliy tuzilmasiga kirgan korxonalarni xom-ashyo tarkibiy qismlari (komponentlari), zarur asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va komplekt buyumlar bilan ta’minlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
  • jamiyatning tashkiliy tuzilmasiga kirgan korxonalarda ishlab chiqarilgan qurilish materiallari eksport hajmini oshirish;
  • «QurilishmateriallariLITI» MChJ ixtisoslashtirilgan loyiha ilmiy-tadqiqot institutini qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish sohasida yangi texnologiyalarni joriy qilish, tadqiqot ishlarini o‘tkazish, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha unga yuklatilgan vazifalar doirasida zamonaviy laboratoriya-sinogv uskunalari bilan jihozlanishini ta’minlash;
  • «QurilishmateriallariLITI» MChJ ixtisoslashtirilgan loyiha ilmiy-tadqiqot institutini o‘z xo‘jalik faoliyati hisobiga, shuningdek jamiyat Ustav fondiga berilgan ulush bo‘yicha olingan dividentlarning bir qismi, qonunchilikda ta’qiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga moliyalashtirish amalga oshirilishini ta’minlash;
  • «QurilishmateriallariLITI» MChJ ixtisoslashtirilgan loyiha ilmiy-tadqiqot institutini energiya va resurs tejovchi texnologiyalardan foydalangan holda, turli quvvatdagi qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha korxonalarning namunali bir xillashtirilgan loyihalarini o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini bo‘yicha faoliyati muvofiqlashtirilishini ta’minlash;
  • jamiyatning tashkiliy tuzilmasidagi ilmiy-tadqiqot, geologiya-qidiruv va boshqa yordamchi tashkilotlar faoliyati muvofiqlashtirilishini ta’minlash;
  • mavjud quvvatlardan, ishlab chiqarish maydonlari va uskunalardan bir xil yuklama va to‘liqroq foydalanish imkoniyatlarini aniqlash maqsadida, shuningdek mahsulotlarni sotish va boshqa asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha hisobot davri yakunlari bo‘yicha Biznes-rejalar parametrlari bajarilishi monitoringi yuritilishini tashkil etish orqali, jamiyatning tashkiliy tuzilmasidagi korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini boshqarishni amalga oshirishda ishtirok etish;
  • Boshqaruv raisining o‘rinbosari o‘z vakolati doirasida quyidagi masalalar bo‘yicha tegishli ishlarni muvofiqlashtiradi:
  • jamiyatning tashkiliy tuzilmasiga kirgan korxonalar va tashkilotlarda tuzilmaviy qayta tashkil etish;
  • tegishliligi bo‘yicha tarmoqni rivojlantirish dasturi ishlab chiqilishi va bajarilishi monitoringi yuritilishi;
  • qurilish materiallari (sement, arxitektura-qurilish shishasi, shifer)ning qiymat material balansi ishlab chiqilishi va monitoringi yuritilishi;
  • ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini pasaytirish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va monitoringini yuritish;
  • jamiyatning tashkiliy tuzilmasidagi korxonalarga Biznes-rejalarni tayyorlash, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va takomillashtirish bo‘yicha uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish;
  • jamiyat tashkiliy tuzilmasidagi, shu jumladan yangi kiritilgan va chiqarilgan korxonalar hisobini yuritish;
  • jamiyat ijro etuvchi apparatida pul mablag‘larini qabul qilish va berish, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklar, kredit va hisob-kitob majburiyatlari, shuningdek moliyaviy va boshqa hisobotlarga asos bo‘luvchi hujjatlarni imzolash;
  • jamiyatda O‘zbekiston Respublikasining 30.08.1996 yildagi
  • 279-I-sonli “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi (yangi tahrirdagi) Qonuni va O‘zbekiston Respublikasining moliyaviy munosabatlar va buxgalteriya hisobi faoliyatini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablarining o‘rnatilgan tartibda bajarilishini ta’minlash;
  • jamiyatda buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarni tuzish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish va nazoratini ta’minlash;
  • jamiyatda buxgalteriya hisobi ko‘rsatkichlarining taqqoslanishi, ishonchliligi, uzluksizligi nazoratini ta’minlash;
  • jamiyatda buxgalteriya hisobi barcha xo‘jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar asosida hisobga olish yo‘li bilan buxgalteriya axborotini yig‘ish, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidan, shuningdek uning asosida moliyaviy va boshqa hisobotni tuzish tizimini tartibga solish bilan nazoratni ta’minlash;
  • jamiyatning moliyaviy-iqtisodiy faoliyati muvofiqlashtirilishini va nazorat qilinishini ta’minlash;
  • Boshqaruv raisi o‘rinbosari o‘z vakolati doirasida quyidagi masalalar bo‘yicha o‘rnatilgan tartib va muddatda tegishli ishlarning amalga oshirilishini nazorat qiladi:
  • Jamiyatning tashkiliy tuzilmasidagi korxona va tashkilotlarning moliyaviy holati barqarorligini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarning holati, shu jumladan byudjetga va boshqa davlat maqsadli fondlariga boqimandalik monitoringini amalga oshirish;
  • jamiyatning, shuningdek uning tashkiliy tuzilmasidagi korxona va tashkilotlarning moliyaviy ko‘rsatkichlari iqtisodiy asoslanganligini, moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlilini o‘tkazish;
  • jamiyatda va uning tashkiliy tuzilmasidagi korxonalar va tashkilotlarda vazirliklar, idoralar, banklarning moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish;
  • Jamiyatning tashkiliy tuzilmasidagi korxonalar va tashkilotlarni rivojlantirishda moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar qismi bo‘yicha kompleks Dasturlar ishlab chiqilishini ta’minlash;
  • jamiyatning tashkiliy tuzilmasidagi korxonalarda zamonaviy korporativ boshqaruv uslublari joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlar (ishtirokchilar) rolini kuchaytirish, aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni yaxshilash bo‘yicha takliflar tayyorlanishida hamkorlik qilish;
  • jamiyatning qimmatli qog‘ozlarini muomalaga chiqarish va kelgusida joylashtirish, ju jumladan xorijiy investorlar o‘rtasida joylashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
  • jamiyatning tegishli tuzilmaviy bo‘linmalari hamda tashkiliy tuzilmadagi korxonalar tomonidan tegishli materiallari tayyorlash qismi bo‘yicha jamiyat Kuzatuv kengashi majlislarini o‘tkazishni muvofiqlashtirish;
  • jamiyatning Yagona aksiyadori qarori loyihalarini tayyorlashni tashkil etish;
  • jamiyatning tashkiliy tuzilmasidagi korxonalarda korporativ boshqaruvni ta’minlash qismi bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish;
  • jamiyatning tashkiliy tuzilmasidagi korxonalarda korporativ boshqaruv va dividend siyosatini olib borish bo‘yicha maslahatlar berish;
  • jamiyatning tashkiliy tuzilmasidagi korxonalarning Kuzatuv kengashi va Taftish komssiyalariga jamiyat vakillari bo‘lgan nomzodlar bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • jamiyatning tashkiliy tuzilmasidagi korxonalarda korporativ boshqaruv tizimi monitoringini yuritish va muvofiqlashtirish;
  • qonunchilik doirasida Jamiyat Boshqaruv raisining topshiriqlari bo‘yicha Boshqaruv raisining o‘rinbosari vakolatiga kiruvchi boshqa vazifa va funksiyalarni bajarish.
Du
Se
08:00 - 11:00
Cho
Pa
Ju
08:00 - 11:00
Sha
Ya
Qabuliga yozilish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech