«Quvasoytsement» AJ



Rahbar:

Bosh direktor
Starigin Yuriy Ivanovich

E-mail:


Manzil:

O'zbekiston Respublikasi, Farg'ona viloyati, Quvasoy sh., Mustaqillik ko'ch., 138

Ссылка:


Telefon:


Faks:

0 373 373-31-94

«Quvasoytsement» aktsiyadorlik jamiyati (avvalgi Quvasoy sement kombinati) 1932 yilda respublikaning qurilish industriyasi va aholisini qurilish materiallari bilan ta'minlash maqsadida tashkil etilgan.

Bugungi kunda korxona ishchilarining soni 3076 kishini tashkil etadi.

«Quvasoytsement» aktsiyadorlik jamiyatining asosiy faoliyati M-400 D 0 markadagi portlandtsement va mineral qo'shimchali M - 400 D 20 markali portlardtsement, sul`fatga chidamli M - 400 DO, M - 400 D 10 va M – 500 markali portlantsement, tamponaj portlandtsement, tarkibida gips va ohakli birlashtiruvchi aralashmalar, qovurg'ali asbest sement listlar, keramik cherepitsalarni ishlab chiqarishdan iborat.

Jahon sifati darajasiga mos keluvchi mahsulotni ishlab chiqarishda erishilgan yuqori natijalar va sayi-harakatlar, shuningdek professionalizm uchun “Ish Tashabbus Direktsiyasi” 1997 yilning 17 noyabrida “Quvasoy” AJ ni “Jahon sifati uchun” eng yuqori mukofot bilan taqdirladi. 1999 yilning 25 oktyabrida Jenevada “Quvasoy” AJning yuqori sifatli mahsulotni ishlab chiqish, jahon biznesini rivojlantirishga qo'shgan ulkan xizmatlari va professionalizm uchun “Ish Tashabbus Direktsiyasi” korxonani maxsus mukofot “Sifat uchun Oltin Yulduz” bilan taqdirladi.

2001 yilda «Kompaniya GQM» tashkiloti korxonani “Sifat va marketingda mahorat” mukofoti bilan taqdirladi. 2002 yilning 25 martida «Kompaniya BID» tashkiloti sifatga va ilg'or teznologiyalar va innovatsiyalarda yetakchilikka bo'lgan intilishni tan olgan holda korxonani “Evropa Arkasi” mukofoti bilan taqdirladi. 2004 yilning 17 sentyabrida “Ish praktikasida yuqori sifat” Xalqaro Jamg'armasi iqtisodiy ko'rsatkichlar, korporativ harakatning yuqori darajasi va so'zsiz obro'y uchun korxonani “Oltin yulduz” bilan mukofotladi.

Korxona xududida 9 ta asosiy tsex faoliyat yuritadi:

1. Tog' tsexi – korxona uchun xom-ashyo qazib chiqarish, ortish va tashishni tashkil etishga xizmat qiladi.

2. Maydalash saralash tsexi – belgilangan o'lchamdagi xom-ashyoni qayta ishlash, saqlash va xom-ashyo tsexiga yetkazish uchun xizmat qiladi.

3. Xom-ashyo tsexi – texnologik kartaga asosan belgilangan kimyoviy tarkibdagi xom-ashyo qorishmasini (shlamni) tayyorlash uchun xizmat qiladi.

4. Klinkerni kuydirish tsexi – portlandtsement klinkerini aylanib turadigan pechlarda kuydirish uchun xizmat qiladi.

5. Sement tsexi – portlantsement klinkeridan turli markadagi sement ishlab chiqarish uchun xizmat qiladi.

6. Qurilish gipsi tsexi – qurilish gipsi, o'tga chidamli g'isht va keramik cherepitsa ishlab chiqarish uchun xizmat qiladi.

7. Shifer ishlab chiqarish - qovurg'ali asbest sement listlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.

8. Ohak tsexi – qurilish va pardozlash ishlari, issiqlik elektr stantsiyalari va oltin qazib chiqarish tarmog'i uchun ohak ishlab chiqarishga xizmat qiladi.

9. «Quvasaytsement» AJ 16 ta yordamchi tsexlarni – Aspiratsiya tsexi, Transport tsexi, Avtotraktor tsexi va boshqa yordamchi tsexlarni o'z ichiga oladi

10. Markaziy va Shifer ta'mirlash-montaj tsexi, ta'mirlash-qurilish boshqarmasi, Elektr tsexi, Elektr uzatish podstantsiyasi va Elektr laboratoriyasi, Qozon-kompressor tsexi va Issiqlik energiyasi tsexi, Ekologiya tsexi, Markaziy laboratoriya, Nazorat o'lchov asboblari va avtomatika tsexi, Ishlab-chiqarishni avtomatik boshqaruv bo'limi, Sifat nazorati bo'limi va Ishlab chiqarishni rivojlantirish bo'limlari.

Ishlatiladigan xom-ashyo - ohak Langan va Qizil-qiy konlaridan (Qirg'iziston), gliej va slanets Qizil-qiy (Qirg'iziston) konidan, temir qoldiqlari (O'zbekiston), gips toshlari Sho'rsuv (O'zbekiston) konidan va Obshir (Qirg'iziston) konidan, yoqilg'i kulshlaklari (O'zbekiston).


Файл
Yuklab olish
Hajmi: 3.31 MB

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech