LOYIHA: Sanoat korxonalari energiya samaradorligini oshirish

LOYIHA:Sanoat korxonalari energosamaradorligini oshirish

Loyihani amalga oshirish muddati:

2011-2018 yillar

Kredit nomeri:

Birinchi faza-4745-UZ

Ikkinchi faza-5241-UZ

Kredit summasi:

4745-UZ -25 mln. AQSh doll.

5241-UZ -100 mln. AQSh doll

Ishtirok etuvchi banklar;

DATB «Asaka bank», ATB «Uzsanoatqurilishbanki», ATB «Xamkorbank»

Me'yoriy-huquqiy hujjatlar:

O'zR VMQ 25.07.2011y. 211-son

O'zR VMQ 12.06.2013y . 168-son

Qamrab olingan hudud:

O'zbekiston Respublikasi

Muvofiqlashtiriuvchi organ:

O'zR Iqtisodiyot vazirligi/Loyihani muvlfiqlashtirish Guruhi (LMG)

LMG bilan bog'lanish uchun ma'lumotlar

Tel: +998 71 2326419+998 71 2326419,

Elektron pochta: uzeef4745@gmail.com

Veb-sahifa:

https://mineconomy.uz/ru/uzeef


Bugungi kunda dunyodagi ko'pchilik rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar uchun barcha turdagi resurslardan, xususan energiya, xom-ashyo va materiallardan samarali foydalanish masalasi dolzarb hisoblanadi. O'zbekiston, tabiiy resurslarga boy mamlakat sifatida energiya tejaydigan texnologiyalarni rivojlantirish va keng joriy etishga, energiya resurslaridan samarali foydalanishda innovatsion yondashuvlarni qo'llashga manfaatdor.

Resurslardan energiya samarador foydalanish tamoyili nafaqat kelajak avlod uchun energiya zahiralarini iqtisod qilish, balki mahsulotning tannarxini pasaytirish, shuningdek mahalliy korxonalarning ichki va jahon bozorlaridagi raqobatbardoshligini oshirishga qodir, bu esa o'z navbatida iqtisodiyotning o'sishiga yordam beradi.

Aynan mamlakatda turg'un iqtisodiy o'sishiga erishish maqsadida , O'zbekiston Respublikasining Hukumati energiyani tejash imkoniyatlarini kengaytirish sohasida va energiya samaradorligini oshirish yo'lida faol harakat qilmoqda. “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasi shunday tashabbuslardan biri hisoblanadai.

Xususan, 2011 yilda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Sanoat” korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida” 2011 yil 25 iyuldagi 211-son qaroriga asosan O'zbekiston Respublikasi Iqtisoliyot vazirligi Jahon banki bilan birgalikda ushbu loyihani amalga oshirishga kirishdi. O'shanda Jahon Banki Gruppasining bo'limasi hisoblangan Xalqaro taraqqiyot uyushmasining mablag'laridan 25 mln.AQSH dollari miqdorida kredit jalb etildi (Birinchi faza).

Bugungi kunda mazkur loyiha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 2013 yil 12 iyundagi 168-son qaroriga asosan yangi liniya doirasida qo'shimcha mablag' bilan ta'minlanmoqda. Qo'shimcha moliyalashtirish doirasida mazkur loyiha uchun 100 mln.AQSH dollari ajratildi. O'zbekistonning uchta tijorat banki – “O'zsanoatqurilish” ATB, “Asaka bank” DATB va “Xamkorbank” ATB yordamida mahalliy sanoat korxonalari zamonaviy vositalarni xarid etish va energiya resurslaridan samarali foydalanish texnologiyalarini joriy etishlari uchun kreditdan foydalanish imkoniga ega bo'ldilar.

Screenshot_3.jpg

Loyihaning maqsadi energiya samardorligini oshirishga investitsiyalarni moliyalashtirish mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish orqali sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirishdan iborat. Boshqacha so'z bilan aytganda, Loyiha O'zbekistonning shunday bank tizimini tashkil etsinki, bu tizim energiya iste'moliga katta mablag'larni sarflaydigan korxonalarga yangi energiya samardor qurilmalarni xarid etish yoki energiya tejaydigan loyihalarni amalga oshirish uchun kredit olishlariga imkon bersin.

Tuzilma: Qo'yilgan maqsad ikkita asosiy komponentlar orqali amalga oshiriladi

Screenshot_4.jpg

Komponent A – energiya samardorligi sohasida potentsialni oshirish – alohida sohalar korxonalari, banklar, sanoat assotsiatsiyalari, shuningdek elektr samaradorligiga sarmoya kiritishga manfaatdor boshqa shaxslar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Xususan, professional potentsialni oshirish bo'yicha ishlar amalga oshirilmoqda – bilim darajasini, energiya samaradorligi sohasida bilim va malakani oshirish, shuningdek xususiy, davlat sektori, fuqarolik jamiyati va keng jamoatchilikning elektr samaradorligiga sarmoya kiritishning foydasi to'g'risida xabardor qilish bo'yicha ish olib borilmoqda. Shu bilan birga, qo'shimcha moliyalashtirish doirasida respublikada energiyadan foydalanish va energiya samaradorligi sohasidagi statistik hisobotlarni takomillashtirish ko'zda tutilgan.

Komponent B – ishtirok etuvchi banklar uchun kredit liniyasi – o'z navbatida, O'zbekistonning yuqorida qayd etilgan uchta banklari tomonidan amalga oshirilmoqda. Xususan, Xalqaro taraqqiyot uyushmasining krediti banklar o'rtasida bir me'yorda taqsimlangan (birinchi kredit liniyasi bo'yicha 8 mln.AQSH dollaridan va ikkinchi kredit liniyasi bo'yicha 33 mln.AQSH dollaridan). Loyiha doirasida kreditlarni taqdim etishning asosiy mezoni energiya tejamini yiliga 20 foiz va undan yuqori miqdorda bo'lishi.

Screenshot_5.jpg

Erishilgan natijalar:

O'zbekiston Respublikasi Hukumati va Jahon Bankining tashabbusi bilan ishga tushirilgan moliyaviy mexanizm tufayli, birinchi kredit liniyasini amalga oshirish jarayonida 37 ta sub-loyihalar 34 mln. AQSH dollari miqdorida (shu jumladan Xalqaro taraqqiyot uyushmasining mablag'lari – 24 mln.AQSH doll. )ma'naviy eskirgan va ishdan chiqqan qurilmalarni modernizatsiyalash va almashtirish uchun kreditlar oldilar. Loyihalar quyidagi energiyani qo'p talab etadigan sohalar, chunonchi tog'-kon qazib chiqarish, kimyo, elektr energiyasi, neft`-gaz va qayta ishlab chiqarish sohalarida amalga oshirildi. Berilgan

kreditlar umuman olganda respublikamiz bo'yicha jami 167 mln. Kvt/soat elektr energiyasini va 54 mln. kub.m tabiiy gazni iqtisod qilish imkonini berdi. 2016 yilning fevral` oyi holatiga O'zbekiston Respublikasi Xukumati va Jahon bankining birgalikdagi tashabbusi doirasida 32 ta korxonada 81 ta sanoat sub-proektlarini amalga oshirish rejalashtirilgan edi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish natijasida 539 mln.Kvt/soat dag ortiq elektr energiyasini va 252 mln.kub.m tabiiy gazni iqtisod qilish ko'zda tutilgan.

Korxona nomi

Birinchi fazada loyihalar soni

Loyihaning hisoblangan samaradorligi (bir yilda iqtisod qiqlingan energiya resurslari)

Ikkinchi faza bo'yicha loyihalar soni

Loyihaning hisoblangan samaradorligi (bir yilda iqtisod qiqlingan energiya resurslari)

Jami, loyihalar soni

Loyihaning hisoblangan samaradorligi (bir yilda iqtisod qiqlingan energiya resurslari)


Elektr energiyasi, mln. kvt/soat

Tabiiy gaz, mln.kub.m.

Elektr energiyasi, mln. kvt/soat

Tabiiy gaz, mln.kub.m.

Elektr energiyasi, mln. kvt/soat

Tabiiy gaz, mln.kub.m



«O'zbekneftegaz» MXK

2

2,6

37,7

10

151,4

58,0

12

154,0

95,1


Navoiy TMK

1

48,0

0,0

3

10,8

0,0

4

58,8

0,0


«O'zbekenergo» DAK

5

1,5

0,0

4

28,4

0,0

9

30,0

0,0


«O'zkimesanoat» DAK

7

31,2

0,0

7

97,8

56,7

14

129,0

56,7


Olmaliq TMK

2

25,3

0,0

3

47,9

17,9

5

73,3

17,9


«O'zmetkombinat» OAJ

4

5,5

0,0

2

10,8

0,2

8

16,3

0,2


«O'zqurilishmateriallari» AK

5

16,8

0,0

13

22,7

63,6

18

39,5

63,6


«Uzpaxtasanoat» Assootsiyaatsiyasi

2

31,5

0,0




2

34,5

0,0


«Uzvinpromxolding» XK

3

2,4

5,4




3

2,4

5,4


Oziq ovqat sanoati Assotsiaqiyasi

4

2,0

11,5




4

2,0

11,5


O'zbekiston Qattiq Qotishmalar va o'tga chidamli metallar kombinati




2,3

2,3

1,7

2

2,3

1,7


Jami

37

167,1

54,6

44

372,4

198,1

81

539,5

252,7













Bog'lanish uchun ma'lumotlar:

Muvofiqlashtiruvchi organ: Iqtisodiyot vazirligi qoshidagi loyihani muvofiqlashtirish

guruhi

Adres: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., O'zbekiston shox ko'chasi, 45A, 100003

Telefonlar: 232-65-71, 232-64-19(faks)

Elektronnaya pochta: uzeef4745@gmail.com

Ish rejimi:

Ish kunlari: Dushanba-Juma, 9:00 dan do 18:00 gacha

Tushlik uchun tanaffus: 13:00 dan 14:00 gacha

Dam olish kuni: Shanba-Yakshanba



Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech