Respublika Investitsiya dasturini ishlab chiqish va shakllantirish bo'yicha ma'lumot

Investitsiya loyihasini respublika Investitsiya dasturiga kiritish uchun zarur bo'ladigan materiallar

Yangi zamonaviy ishlab chiqarishni barpo etish, qurilish materiallarini ishlab chiqish tarmog'i korxonalarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan strategik ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish, yangi ish o'rinlarini tashkil etish va respublika iqtisodiyoning barqaror rivojlanishini ta'minlash maqsadida respublika Hukumati tomonidan har yili Investitsiya dasturi shakllantiriladi.

2011 yil uchun investitsiya dasturiga kiritish uchun O'zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish tartibiga asosan (O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 12 sentyabrdagi 395-son qarori 4-ilovasi) quyidagilar taqdim etilishi shart:

- belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihaning (investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslashlari, texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari) mavjud bo'lishi;

- moliyalashtirish manbalarining va kreditlarning shartnomada belgilangan muddatda qaytarilishining tasdiqlanishi;

- belgilangan shakldagi loyiha pasporti;

- loyihani amalga oshirish reja-jadvali;

- aniq dasturni shakllantirish sanasida loyihani amalga oshirishning holati to'g'risidagi mufassal axborot.



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech