Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

“O'zqurilishmateriallari” aktsiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibiga kiruvchi boshqa korxonalarning O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa korxona, tashkilotlar bilan o'zaro aloqadorligi hamkorlik to'g'risida tuzilgan shartnomalar yoki kelishuvlar, shuningdek faoliyat yuzasidan davriy hisobot berib turgan holda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari asosida amalga oshiriladi.

1. Vazirliklar:

  • O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi (Investitsion dastur, Maxalliylashtirish dasturi haqida kvartallik hisobotlarni taqdim etish, Vazirlik tomonidan so‘ralgan boshqa shakllar);
  • O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (Investitsion dastur haqida har kvartal uchun hisobotlarni taqdim etish, shuningdek,Vazirlik tomonidan so‘ralgan boshqa shakllar);
  • O'zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi (Ishchi joylarini tashkil etish haqidagi kvartal hisobotlari, kasanachilikni istiqbolli dasturini ishlab chiqish, shuningdek, Vazirlik tomonidan so‘ralgan boshqa shakllar);
  • O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi (Oliy o‘quv yurti bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash haqidagi axborot, shuningdek, Vazirlik tomonidan so‘ralgan boshqa shakllar);
  • O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi (Mehnatni muhofazi qilish haqidagi chora-tadbirlarni bajarilishi, shuningdek, Vazirlik tomonidan so‘ralgan boshqa shakllar) ;
  • O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi (Investitsion dastur, Maxalliylashtirish dasturi haqida har kvartal uchun hisobotlarni taqdim etish, shuningdek, Vazirlik tomonidan so‘ralgan boshqa shakllar);
  • O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Qabul qilingan Informatsion-kommunikatsiya texnologiyalarni rivojlantirishdasturini bajarilishi haqidagi harkvartal hisobotlari, shuningdek, Vazirlik so‘ragan boshqa shakllar);

2. Davlat qo'mitalari:

  • O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi (Qabul qilingan tartibga ko‘ra kvartal statistik hisobotlarini taqdim etish);
  • O'zbekiston Respublikasining xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi (Qurilish materiallarini ishlab chiqarish dasturlarini amalga oshirishga yaraydigan bo‘sh ishlab chiqarish maydonlarini jalb etish haqida doimiy ravishda axborot taqdim etish) ;
  • O'zbekiston Respublikasi davlat soliq qo'mitasi (Qabul qilingan tartibga ko‘ra kvartallik hisobotlarini taqdim etish);
  • O'zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi (Qabul qilingan tartibga ko‘ra kvartallik hisobotlarini taqdim etish);

3. Davlat inspektsiyalari

  • O'zbekiston Respublikasi Temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasi (O'zdavtemiryo'lnazorat) (Qabul qilingan tartibga ko‘ra kvartallik statistik hisobotlarini taqdim etish, temir yo‘l transportidan foydalanganlik haqida axborot);

4. Agentliklar

  • O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O'zarxiv" agentligi(Qabul qilingan tartibga ko‘ra kvartallik hisobotlarini taqdim etish).

5. Markazlar

  • Qimmatli qog'ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi (Qabul qilingan tartibga ko‘ra kvartallik hisobotlarini taqdim etish).



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech