Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

“G'ozg'on” marmar koni Navoiy viloyatida “Navoiy” temir yo'l stantsiyasidan shimolga 60 km masofada joylashgan. Marmar mayda bo'lakchali, rangdor: sarg'ish-oq, bitta plitada rang kul rangdan asta sekin qora ranggacha o'zgarib boradi. Yaxshi silliqlanadi. “G'ozg'onmarmar” AJ da qayta ishlanadi. Ishlab chiqarish hajmi yiliga 30 ming kv.m ni tashkil etadi. Qalinligi 10- 40 mm, eni 400 mm gacha, uzunligi 1200 mm gacha o'lchamlarda chiqarilishi mumkin. Vagon me'yori 1200 kv.m, qalinligi 15 mm.

“Nurota” marmar koni Navoiy viloyatida “Navoiy” temir yo'l  stantsiyasidan shimolga 75 km masofada joylashgan. Marmar rangi oq, yirik kristallangan. Yaxshi silliqlanadi. “Nurota” xususiy korxonasida qayta ishlanadi. Ishlab chiqarish hajmi yiliga 30 ming kv. m ni tashkil etadi. Qalinligi 10-40 mm, eni 400 mm gacha, uzunligi 1200 mm gacha o'lchamlarda chiqarilishi mumkin. Vagon me'yori 1200 kv.m, qalinligi 15 mm.

“Zarband” marmar koni Samarqand shahridan 100 km, Samarqand viloyatining Kattaqo'rg'on shahridan 45 km masofada joylashgan. Marmar rangi kul rang qoramtir yo'l-yo'l chiziq-chiziq dog'lari bor, o'rtacha donali, og'ir strukturali. Yaxshi silliqlanadi. “Qashqadaryomarmar” MCHJ da qayta ishlanadi. Ishlab chiqarish hajmi yiliga 40 ming kv. m ni tashkil etadi. Qalinligi 10-40 mm, eni 400 mm gacha, uzunligi 1200 mm gacha o'lchamlarda chiqarilishi mumkin. Vagon me'yori 1200 kv.m, qalinligi 15 mm.

“Sovuq buloq” marmar koni Qashqadaryo viloyatida Kitob shahridan 20 km masofada joylashgan.

Marmarning rangi qora-kul rang, o'rta donali, og'ir strukturali, yo'l-yo'l teksturali.

“Qashqadaryomarmar” MCHJ da qayta ishlanadi. Ishlab chiqarish hajmi yiliga 40 ming kv. m ni tashkil etadi. Qalinligi 10-40 mm, eni 400 mm gacha, uzunligi 1200 mm gacha o'lchamlarda chiqarilishi mumkin. Vagon me'yori 1200 kv.m, qalinligi 15 mm.

“Tomchi ota” marmar qoni Qashqadaryo viloyatida Kitob shahridan 25 km masofada joylashgan.

Marmarning rangi qora-kul rang, o'rta donali, og'ir strukturali, dog'li teksturali.

“Qashqadaryomarmar” MCHJ da qayta ishlanadi. Ishlab chiqarish hajmi yiliga 40 ming kv. m ni tashkil etadi. Qalinligi 10-40 mm, eni 400 mm gacha, uzunligi 1200 mm gacha o'lchamlarda chiqarilishi mumkin. Vagon me'yori 1200 kv.m, qalinligi 15 mm.

“Oqsoqota” marmar koni Toshkent viloyatida G'azalkent shahridan janubi-sharqqa 17 km

masofada joylashgan. Marmar maydablokli, oq sarg'ish tusda, chig'anoqsimon bezakli, yirik kristalli. Yaxshi silliqlanadi. “G'azalkent” OAJ, “KAST” QKda qayta ishlanadi. Ishlab chiqarish hajmi yiliga 10 ming kv. m ni tashkil etadi. Qalinligi 10-40 mm, eni 400 mm gacha, uzunligi 1200 mm gacha o'lchamlarda chiqarilishi mumkin. Vagon me'yori 1200 kv.m, qalinligi 15 mm.



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech