Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

“Skorlupa” quvurlar uchun issiqlik izolyatsiyasi niqobi – quvurlar uchun istikichning yangi va samarali turi hisoblanib, turli mamlakatlarda sanoat va aholi tuthrar joylarini qurishda keng ishlatiladi.

“PANELPLAST” QK quvurlar uchun issiqlikni saqlovchi niqobni – PSB-S 15 va 25 markali (Davlat standarti 15588-86) penopolistiroldan (penoplasta) qilingan po'stloqni taklif etadi. Mahsulot ikki va undan ortiq (quvurning diatmetriga bog'liq ravishda) uzunligi 2 metr va qalinligi 2 dan 10 santimetrgacha bo'lgan yarim silindr / segmentdan iborat. Bu narsa eng samarali va tejamli ravishda quvurlar issiqlik izolyatsiyasini amalga oshirish imkonini beradi. Po'stloq yon tomondan qulfga o'xshagan “tish-teshik” turidagi bog'lamalar bilan tayyorlanadi, ular mustahkam ravishda qulflanib, mustahkam mahkamlanishni ta'minlaydi va “sovuq ko'prik”hosil bo'lishiga yo'l qo'ymaydi.

Po'stloq yig'ilgan holda suyuqliklar va gazni -188 S dan + 85S gacha temperatura chegarasida ham havo, ham yer osti kommunikatsiyalari orqali yetkazibberuvchi quvurlar uchun issiqlikni saqlovchi niqobni hosil qiladi. Niqobni yuqori haroratdagi mahsulotni yetkazuvchi quvurlarda (+120 S gacha) ham ishlatish mumkin. Buning uchun qobiq sifatida qalinliligi 2-3 sm bo'lgan siqilgan holdagi mineral paxtadan foydalanish mumkin. Niqoblarni hoh tashqi tomondan qilingan qoplama bilan (shisha mato, zar qog'oz, polizol, bikrom, ruxlangan metall), xoh qobiqsiz foydalanish mumkin. Beton ariqlar (lotoklarni) avvaldan o'tkazmasdan turib ham quvurlarni issiqliklik izolyatsiyasini amalga oshirish mumkin. Bu ketadigan material harajatlarni ancha qisqartiradi.



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech