«Ohangarontsement» AJ Sizning korxonangizni ob'ektlar bo'yicha pudratchilarni tanlov asosida tanlab olishda ishtirok etishga taklif etadi

Chop etish sanasi: 29.01.2016 y.
Muddat: gacha: 29.02.2016 y.
Ko'rishlar: 3781
Файл
Yuklab olish
Hajmi: 12.59 KB

«Ohangarontsement» AJ Sizning korxonangizni ob'ektlar bo'yicha pudratchilarni tanlov asosida tanlab olishda ishtirok etishga taklif etadi:

1. “Ohangarontsement” AJ Qurilish materiallari va konstruktsiyalari kombinatining oshxonasini ta'mirlash;

2. “Ohangarontsement” AJ Temir yo'l deposi binosini ta'mirlash;

3. “Ohangarontsement” AJ “Xom-ashyo tortish” bo'limi tuproq qorish binosini ta'mirlash.

Tijorat taklifingizda quyidagi ma'lumotlarni ko'rsatishingizni so'raymiz:

1. Taklif narxi (hisob-kitoblar bilan);

2. Zarur hajmdagi bo'sh aylanma mablag'larning mavjudligi (balans nusxasi);

3. Ob'ekt nomi va buyurtmachi, bajarilgan ish hajmi, ob'ektning joylashgan joyini ko'rsatgan holda tanlov predmetiga javob beradigan oxirgi yildagi ish tajribasi;

4. Qarzdorlik mavjudligi (mavjud emasligi) (bankdan ma'lumotnoma);

5. O'z xom-ashyo bazangiz mavjudligi, uning batafsil tasnifi va ro'yxati. Moddiy-texnika bazasi ijaraga olingan holda ijara shartnomasining nusxasi taqdim etilishi lozim;

6. Litsenziyaning mavjudligi (zarur holda uning nusxasi taqdim etiladi);

7. Yordamchi pudratchilarning mavjudligi. Ularning nomlari va joylashgan joylarini, shuningdek bajaradigan ishlarini ko'rsatib o'tish kerak;

8. Bog'lanish uchun mas'ul shaxs ma'lumotlari va telefon raqamini ko'rsatgan holda bajarilgan ishlar bo'yicha avvalgi buyurtmachilarning fikr-mulohazalari;

9. Ishni bajarishning taxminiy muddatlari va taklif bo'yicha bajariladigan ishlarga kafolat muddati;

10. Nusxalar (direktor pasporti, Ustav, guvohnoma nusxalari).

Tijorat taklifini “Ohangarontsement” AJ Kapital qurilish bo'limiga 2016 yil 29 fevralgacha taqdim etishingiz lozim. Belgilangan muddatdan keyin kelgan takliflar ko'rib chiqilmaydi.



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech