Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

«Angren» EIZ ning asosiy funksiyalari qatoriga quyidagilar kiradi:

  1. «Angren» EIZ qatnashchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va «Angren» erkin iqtisodiy zonasi qatnashchisining reyestrini yuritish, guvohnoma berish.
  2. «Angren» EIZ hududida «Angren» EIZ qatnashchilari bo‘lmagan boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar hisobini yuritish.
  3. «Angren» EIZ hududida investitsiya kiritish to‘g‘risidagi bitimlarni tayyorlash va tuzish.
  4. Ishlamayotgan korxonalarni va davlat mulki bo‘lgan mol-mulkni nul sotish qiymati bo‘yicha sotish to‘g‘risida shartnomalar tayyorlash va «Angren» EIZ qatnashchilari bilan tuzish.
  5. O‘rnatilgan tartibda tanlab olingan investorlar bilan investorlar tomonidan o‘z zimmalariga olingan majburiyatlar zarur tarzda bajarilishini nazoratga olish.
  6. «Angren» EIZ hududida joylashgan davlat mulki bo‘lgan ko‘chmas mulk ob’ektlarini boshqarish.
  7. «Angren» EIZ qatnashchilariga shu jumladan davlat organlarida ularning manfaatlarini ifodalash yo‘li bilan xizmatlar ko‘rsatish.
  8. «Angren» EIZ faoliyatini tezkor boshqarish bo‘yicha boshqa funksiyalarni amalga oshirish.

 Qo'shimcha ma'lumot olish uchun «Angren» EIZ
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech