Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Me'yoriy huquqiy hujjatlar


Imtiyozlar va preferensiyalar

«Jizzax» maxsus industrial zonasi

«Jizzax» maxsus industrial zonasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 18 martdagi «Jizzax» maxsus industrial zonasini barpo etish to‘g‘risida»gi PF-4516-son Farmoni bilan tashkil etilgan.

"Jizzax" MIZning faoliyat ko‘rsatish muddati 30 yilni tashkil etadi. Ushbu muddat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan uzaytirilishi mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 maydagi 130-son qarori bilan tasdiqlangan "Jizzax" maxsus industrial zonasi to‘g‘risida NIZOMga muvofiq, quyidagilar "Jizzax" maxsus industrial zonasining asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • ichki va jahon bozorlarida raqobatbardoshli bo‘lgan, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy, yuqori texnologiyali innovatsion ishlab chiqarishlarni barpo etish va ularning samarali faoliyat yuritishi uchun investitsiyalar, eng avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish;
  • maxsus industrial zonaga kiruvchi mintaqaning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash, mineral-xom ashyo resurslarini va qishloq xo‘jaligi xom ashyosini yanada chuqur qayta ishlash bo‘yicha yangi ishlab chiqarishlarni barpo etish;
  • maxsus industrial zona va umuman respublika tashkilotlari o‘rtasida mustahkam kooperatsiya aloqalari o‘rnatish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida mahalliy xom ashyo va materiallar negizida yuqori texnologiyali mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;
  • "Jizzax" MIZ hududida transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirishni hamda ulardan samarali foydalanishni ta’minlash.

«Angren» maxsus industiral zonasi

«Angren» maxsus industiral zonasi direksiyasi «Angren» MIZ faoliyatini tezkor boshqaruvchi davlat unitar korxonasi hisoblanadi.

«Angren» MIZ ning asosiy funksiyalari qatoriga quyidagilar kiradi:

  1. «Angren» MIZ qatnashchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va «Angren» maxsus industiral zonasi qatnashchisining reyestrini yuritish, guvohnoma berish.
  2. «Angren» MIZ hududida «Angren» MIZ qatnashchilari bo‘lmagan boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar hisobini yuritish.
  3. «Angren» MIZ hududida investitsiya kiritish to‘g‘risidagi bitimlarni tayyorlash va tuzish.
  4. Ishlamayotgan korxonalarni va davlat mulki bo‘lgan mol-mulkni nul sotish qiymati bo‘yicha sotish to‘g‘risida shartnomalar tayyorlash va «Angren» MIZ qatnashchilari bilan tuzish.
  5. O‘rnatilgan tartibda tanlab olingan investorlar bilan investorlar tomonidan o‘z zimmalariga olingan majburiyatlar zarur tarzda bajarilishini nazoratga olish.
  6. «Angren» MIZ hududida joylashgan davlat mulki bo‘lgan ko‘chmas mulk ob’ektlarini boshqarish.
  7. «Angren» MIZ qatnashchilariga shu jumladan davlat organlarida ularning manfaatlarini ifodalash yo‘li bilan xizmatlar ko‘rsatish.
  8. «Angren» MIZ faoliyatini tezkor boshqarish bo‘yicha boshqa funksiyalarni amalga oshirish.

MIZning vazifalari

Quyidagilar faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari hisoblanadi:

ichki va jahon bozorlarida raqobatbardoshli bo‘lgan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni barpo etish va ularning samarali faoliyat yuritishi uchun investitsiyalar, eng avvalo to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish borasida qulay shart-sharoitlarni shakllantirish;

  • maxsus industrial zonaga kiruvchi mintaqaning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash, mineral-xom ashyo resurslarini yanada chuqur qayta ishlash bo‘yicha yangi ishlab chiqarishlarni barpo etish;
  • maxsus industrial zona va umuman respublika korxonalari o‘rtasida mustahkam kooperatsiya aloqalari o‘rnatish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida mahalliy xom ashyo va materiallar negizida yuqori texnologiyali mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;
  • transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish hamda ulardan samarali foydalanish, yuklarni avtomobil va konteynerlarda tashish borasida yaratilgan tizimni yanada rivojlantirish hamda ulardan keng ko‘lamda foydalanishni ta’minlash.

Imtiyozlar va preferensiyalar

Maxsus industrial zonasining qatnashchilari quyidagilarni to‘lashdan ozod etiladi:

  • daromad solig‘i;
  • yuridik shaxslar mol-mulkidan olinadigan soliq;
  • ijtimoiy infratuzilmani obodonlashtirish va rivojlantirish uchun soliq;
  • kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi;
  • shuningdek Respublika yo‘l jamg‘armasiga to‘lovlar.

Shuningdek maxsus industrial zonasining qatnashchilari respublikada ishlab chiqarilmaydigan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish doirasida MIZ hududiga olib kiriladigan asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar va materiallardan olinadigan bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod etiladi (bojxona yig‘imlari bundan mustasno).

Belgilab qo‘yilsinki, yuqorida ko‘rsatilgan imtiyozlar kiritilgan investitsiyalarning hajmiga qarab, shu jumladan quyidagilarga teng miqdorda 3 yildan 7 yilgacha muddatda beriladi:

  • 300 ming AQSh dollaridan 3 mln. AQSh dollarigacha – 3 yilgacha muddatga
  • 3 mln. AQSh dollaridan 10 mln. AQSh dollarigacha – 5 yilgacha muddatga;
  • 10 mln. AQSh dollaridan ortiq – 7 yilgacha muddatga.

Bundan tashqari, MIZ qatnashchilariga MIZ hududida bo‘sh turgan korxonalar va davlat mulki hisoblangan mol-mulk nul sotish qiymati bo‘yicha sotiladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech