Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining muhim sohalariga, shu jumladan qurilish materiallari sanoatiga ham xorijiy investorlar tomonidan investitsiya kiritishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi №PF-4720-sonli «Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 apreldagi №PQ-2340-sonli «Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan davlat ulushini xorijiy sarmoyadorlarga sotish bo‘yicha aksiyadorlik jamiyatlarining ro‘yxati tasdiqlangan. Shu jumladan, «Kvars»  aksiyadorlik jamiyatidagi 75 foiz davlat ulushi, «Qizilqumsement» AJ  - 35,9% va «Samarqand marmar» AJ - 6,9%.

Yuqoridagi barcha aksiyadorlik jamiyatlarida davlat aktivlari baholanib, aksiya paketlari savdoga chiqarilgan.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech