Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

«Kvars» aksiyadorlik jamiyati, 2019 yil 20 iyun kuni soat 10-00 da, Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 46-uy, («Zebuniso» madaniyat saroyi zalida) «Kvars» AJ aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lishi haqida ma’lum qiladi.

Umumiy yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega aksiyadorlar ro‘yxati 2019 yil 14 iyun holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reyestriga asosan tuziladi.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish 2019 yil 20 iyun kuni soat soat 9-30 minutda boshlanib soat 10-00 gacha davom etadi.

Umumiy yig‘ilish kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilganligini ma’lum qilamiz:

«Kvars» AJ Kuzatuv Kengashining 2018 yilda o‘z vakolati doirasidagi masalalar bo‘yicha va jamiyatni boshqarishga doir qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan hamda jamiyatning korporativ boshqaruv tizimini mustaqil tashkilot tomonidan baxolash yakunlari bo‘yicha hisoboti.

Umumiy yig‘ilish kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilganligan:

  1. «Kvars» AJ Kuzatuv Kengashining 2018 yilda o‘z vakolati doirasidagi masalalar bo‘yicha va jamiyatni boshqarishga doir qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan hamda jamiyatning korporativ boshqaruv tizimini mustaqil tashkilot tomonidan baxolash yakunlari bo‘yicha hisoboti.
  2. «Kvars» AJ Boshqaruv raisining 2018 yil moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari, Biznes-reja ko‘rsatkichlari va jamiyatning rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilgan choralar bo‘yicha hisoboti.
  3. «Kvars» AJining 2018 yil uchun yillik hisobotini, shu jumladan buxgalteriya balansi, foyda va zararlar xisobotini tasdiqlash.
  4. «Kvars» AJning 2018 yil yakunlari bo‘yicha olingan sof foydasini taqsimlash hamda 2018 yil yakuni bo‘yicha sof foydasining bir qismini va o‘tgan yillardagi taqsimlanmagan foydasini Jamiyat ustav fondiga kapitalizatsiya qilish to‘g‘risida.
  5. «Кварц» АЖ Кузатув кенгаши аъзоларини сайлаш тўғрисида.
  6. «Kvars» AJ Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash to‘g‘risida.
  7. «Kvars» AJ Taftish komissiyasi a’zolarini saylash to‘g‘risida.
  8. Kvars» AJning Boshqaruv raisi va boshqaruv a’zolarini saylash to‘g‘risida.
  9. «Kvars» AJning affillangan shaxslari bilan kelgusida jamiyat tomonidan kundalik xo‘jalik faoliyati jarayonida tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida.
  10. “Kvars” AJ yangi taxrirdagi Ustavini tasdiqlash.
  11. “Kvars” AJ boshqaruv organlari faoliyatini tartibga soluvchi ichki xujjatlariga o‘zgartirishlarni kiritish.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rish davrida Siz aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining materiallari (axborotlari) bilan «Kvars» AJda tanishishingiz mumkin.

Umumiy yig‘ilishda qatnashish uchun aksiyadorlar o‘zi bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa – O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Ma’lumot uchun telefon: 8 (373) -372-44-03, E-mail: qvartznew@mail.ru

Manba: https://kvarts.uz/dfd44/?lang=uz

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech