"Ohangaronsement" AJ qadoqlangan mahsulot qop dizaynini o’zgartirdi


"Ohangaronsement" AJ ("EVROSEMENT grup" Xoldingi tarkibiga kiradi) qadoqlangan mahsulotni yangi qopda ishlab chiqarishni boshladi. Yangi qadoq eslab qolish osonligi, kerakli malumotlar mujassamlanganligi va yorqin dizayni bilan ajralib turadi.

Pishiq, ishonchli va xavfsiz qadoq iste'molchilarning istaklarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan. Yetakchi ishlab chiqaruvchilar tomonidan chiqarilgan qop sementni saqlash va tashish uchun qulaydir. "Ohangaronsement" AJda 50 kilogramm og'irlikdagi qoplarda PPS 400 rusumli putsolan portlandsementi sotiladi.

Korxonaning qadoqlangan mahsuloti oqartirilgan kraft qog'ozidan chiqariladi va bu mahsulotning xavfsizligini standart saqlash va tashish shartlariga muvofiq mukammal darajada ta'minlaydi. Ishonchli va qulay qadoq qoplari ekologik toza tabiiy xom ashyodan tayyorlangan. Foydalangandan so’ng uni to'g'ridan-to'g'ri qurilish maydonchasida utilizatsiya qilish mumkin, kraft qog'ozi bir necha hafta davomida erda butunlay yo’q bo’lib ketadi.

"Ohangaronsement" mahsulotining qadog’i bir qator o'ziga xos xususiyatlarga ega, bu esa iste'molchi soxta mahsulot sotib olish xavfini kamaytiradi. Ishlab chiqarilgan sement bozor ehtiyojlari va talablariga javob beradi va har qanday hajmdagi loyihalarni amalga oshirishda keng ko'lamli vazifalarni hal qilish imkonini beradi. Sementning sifat ko'rsatkichlari GOST talablaridan ortiq, buning natijasiga kompaniya mijozlariga qurilish jarayonida o'z xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.

2020-yilda "Ohangaronsement" bazasida quruq usulda yangi yuqori texnologiyali zavod ishga tushirilgach, qadoqlangan sement ishlab chiqarish hajmi va ulushi ko'paytirilishi ko'zda tutilmoqda, bu esa har bir iste'molchini "EVROSEMENT grup"ning yuqori sifatli mahsuloti bilan ta'minlash imkonini beradi.

Aziz hamyurtlar qurilish materiallari xarid qilayotganda qalbaki mahsulotlaridan ehtiyot bo’ling!

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech