«Qurilish – UzBuild 2020» O‘zbek Xalqaro ko‘rgazmasi


25 fevral 2020 y. - 28 fevral 2020 y.

UzBuild ko‘rgazmasi 1998 yildan beri tarmoq vazirliklari va idoralar ko‘magida har yili o‘tkazib kelinadi.

2019 yilda ishtirokchi kompaniyalar soni 371taga etdi, ular jahonning 28 mamlakatining vakillari. Tashrif buyuruvchilar soni esa 14 969 nafar odamni tashkil etdi.

An’anaga ko‘ra, UzBuild 2019 ko‘rgazmasida Germaniya va Birlashgan Arab Amirliklarining Milliy stendlari taqdim etilgan bo‘lsa, ularga Eron, Polsha va Turkiya o‘z mamlakatlarining milliy guruhlari bilan ilk marotaba qo‘shildi.

Amaliy dastur qator ixtisoslashgan tadbirlardan iborat bo‘ldi va birinchi marotaba uning doirasida:

  • ITC biznes markazida “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda “O‘zbekiston qurilish sanoati: Muhim istiqbollar va kelgusidagi zamonaviy yondashuv” mavzusidagi 1-Xalqaro konferensiyasi o‘tkazildi.
  • Qozog‘iston Respublikasining arxitektorlar, dizaynerlar va qurilish sanoati boshqa professionallari Uyushmasi tomonidan “Interьer dizayni va zamonaviy global chaqiriqlar” mavzusidagi seminar tashkil etildi.
  • «Oikos» fabrikasi muassisi va prezidenti Klaudio Balestri (Italiya) hamda arxitektor-dizaynerlar Ilona Sinisi va Franchesko Torzini (Italiya)larning “Interьer dizaynining 2019 yildagi yo‘nalishlari” mavzusidagi seminar-ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.

2019 yilda yubiley  UzBuild ko‘rgazmasida jahonning 28 mamlakatidan 371ta kompaniya qatnashdi. Ular: Avstriya, Ozarbayjon, Buyuk Britaniya, Belarus, Germaniya, Gretsiya, Daniya, Eron, Ispaniya, Italiya, Qozog‘iston, Koreya Respublikasi, Xitoy, Qirg‘iziston, Litva, Lixtenshteyn, BAA, Polsha, Portugaliya, Rossiya, AQSH, Turkiya, O‘zbekiston, Ukraina, Finlyandiya, Chexiya, Shveysariya va YAponiya.

UzBuild 2019 ekspozitsiyasi 1-,2- va 4- pavilonlarda, Atrium1 va Kongress Xoll zallarida, hamda ochiq namoyishlar maydonida joylashdi, bunday ko‘lam UzBuild tarixida rekord ko‘rsatkich sifatida o‘rin egalladi, o‘tgan yilga qaraganda o‘sish 120 foizni tashkil etdi.

Ko‘rgazma bo‘limlari:
Qurilish materiallari
Interьer va dizayn
Yoritgichning arxitektura va bezakli dizayni
Elektrika
Derazalar, eshiklar va fasadlar
Keramika va pardozlash toshlari
Asboblar va mahkamlagichlar
Yog‘ochga ishlov berish dastgohlari va uskunalari
Uy qurilish
Ko‘chmas mulk
Landshaft va ko‘kalamzorlashtirish

Tashkilotchi: Iteca Exhibitions
Rasmiy sayt: http://uzbuild.uz/
Loyiha direktori Aziza Axmedxodjaeva
Tel: + 998 71 205 18 18  E-mail: uzbuild@iteca.uz


Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech