Qurylish materiallari: izchil islohotlar, salmoqli natijalar


Mustaqilliq yillarida mamlakatimizda butun dunyoda tan olingan taraqqiyotning “uzbek modeli” asosida ishlab chiqilgan qishloq, joylarda namunaviy loyiqalar bo'yicha yakka tartibdagi uy-joylar bunyod etish dasturi ijrosini ta'minlash, shuningdek, energetika, metallurgiya, mashinasozlik, kimyo sanoati ob'ektlari, temir yul va avtomobil yo'llarini barpo qilish, ularning infratuzilmasini yaratishda qurilish materiallari sanoatining o'ziga xos o'rni bor. Zero, u iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlaridan hisoblanib, mazkur jabhada erishilayotgan yutuqlap Vatanimiz ravnaqi, xalfqimiz turmush tarzining yaxshilanishiga munosib hissa bo'lib qo'shilmokda.

Ishlab chiqarish hajmining o'sishi

1991 yilda “O'zqurilishmateriallari” aktsiyadorlik kompaniyasi korxonalarida atigi 48 turdagi 1,28 mlrd. so'mlik (36,7 mln. dollarlik) mahsulot ishlab chiqarilgan bo'lsa, so'nggi 25 yil ichida ularying turi yangilanib, zamon talablari darajasiga etkazildi. Bundam tashqari, qo'shimcha 70 turdagi zamonaviy, energiya tejovchi, import o'rnini bosuvchi hamda eksportbop qurilish materiallari tayyorlash o'zlashtirilib, 2015 yilning o'zida 2,2 trln. sumlik (760,1 mln. dollarlik) mahsulot buyurtmachilarga tortiq qilindi. Ya'ni qurilish materiallari sanoatida mustaqillik yillari davrida ishlab chiqarish hajmi 20,7 barobar o'sdi.

Bugungi kunda respublikamizda 6000 dan ziyod qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyat kursatmoqda. Yiliga 10 mln. kvadrat metr oyna tayyorlovchi “Kvarts” AJ, 60 ming tonna quruq qurilish qorishmalari ishlab chiqaruvchi “Buxorogips” qo'shma korxonasi, 20 mln. kv. m. gipsokarton tayyorlash quvvatiga ega “Knauf Gips Buxoro” XK, 3,5 mln. kv. m sopol plitkalari ishlab chiqaruvchi “Moderna Ceramic Industries Fergana” QK, 75 ming dona sanitar-texnika buyumlari tayyorlash quvvatiga ega “Grand Art Ceramics” QK shular jumlasidandir.

Qolaversa, tizimda 900 dan ortiq korxonalarda yiliga 3,6 mlrd. dona devorbop materiallar tayyorlash yo'lga ko'yilgan, sopol plitkalar ishlab chiqarish hajmi yiliga 0,6 mln. donadan 11 mln. donaga ko'paytirildi, tsement tayyorlashning yillik hajmi esa 3,6 mln. tonnadan 8,2 mln. tonnaga oshirildi.

Xususiylashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va investitsiya

Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida qurilish materiallari sanoati korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish deyarli yakunlandi. Pirovardida aktsiyadorlik jamiyatlari (AJ), mas'uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ), xususiy korxonalar (XK), qo'shma korxonalar (QK), xorijiy korxonalar (XK) va boshka ko'rinishdagi mulkchilik shakllari yaratildi.

Bunday korxonalar qarorlar qabul qilishda erkin bo'lib, o'z faoliyatini bozor talablariga muvofiq olib boradi. Shu tariqa ularda mavjud quvvatlar oshirilib, zarurat tug'ilganda, ishlab chiqarish tuzilmasi yangidan shakllantiriladi.

Kompaniya tarkibidagi “Qizilqumtsement” AJ, “Bekobodtsement” AJ, “Kvarts” AJ hamda “Oxangaronshifer” AJlardagi davlat ulushlari savdoga qo'yilib, xorijiy investorlarni keng jalb qilish ishlari davom ettirilmoqda.

E'tiborli jihati, mustaqillik yillarida jadal rivojlanayotgan va butunlay qayta tiklangan qurilish materiallari sanoati xorijiy investorlar uchun eng jozibador, ya'ni o'ziga jalb qiluvchi tarmoqqa aylandi. So'nggi 10 yil ichida unga kiritilgan investitsiyalar 270 mln. AQSh dollaridan ortiq bo'lib, yillik o'rtacha o'sish sur'ati 49,2 foizni tashkil etgani ana shundan dalolat beradi.

Yirik loyixalar samarasi

Zamonaviy qurilish materiallari tayyorlashni takomillashtirish, shu jumladan, tarmoqlarda istiqbolli loyihalarni joriy qilish, korxonalarni texnik hamda texnologik jixatdan yangilash – davr talabi. Shundan kelib chiqib, “O'zkurilishmateriallari” aktsiyadorlik kompaniyasida bu boradagi ishlar tobora jadal tus olmoqda. Buning samarasi o'larok, 100 dan ortiq yangi loyihalar hayotga tatbiq etilgani holda, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash hamda rekonstruktsiya qilish tadbirlari amalga oshirildi. Natijada tizimda sendvich panellar, polistirol asosida bezaklovchi panel va uning qismlari, gazobeton, tomyopqich materiallari, plastik profil, namga chidamli gipsokarton, quruq qurilish qorishmalari, quruq tsement, klinker, oq va portlandtsement, sopol plitalar, zamonaviy yo'lak plitalari kabi import o'rnini bosuvchi mahsulotlar tayyorlash o'zlashtirildi.

Shuningdek, Prezidentimizning 2015 yil 11 fevraldagi qaroriga asosan, Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan “ARM Composite” mas'uliyati cheklangan jamiyatida shisha plastikli, “Maftus” xususiy korxonasida devorlar uchun gulqo-g'ozlar, “Prime Ceramics” xorijiy korxonasida sopol plitkalar ishlab chiqarilishiga erishilgan bo'lsa, “O'zmetkombinat” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan Bekobod shahrida quvvati 10 ming tonna bo'lgan issiklikni saqlovchi materiallarni tayyorlash liniyalari foydalanishga topshirildi.

Investitsiya dasturiga muvofik esa, joriy yilda 14,31 mln. AQSh dollarilik 6 ta loyihani ro'yobga chiqarish rejalashtirilgan.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlarining qo'payishi

uzb.jpg

Xalkaro menejment tizimi – amaliyotga

Tarmoq korxonalari tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotlarning raqobatdoshligi hamda eksport salohiyatini oshirish maqsadida xalqaro talablarga javob beruvchi sifat boshqaruvi tizimlarini joriy etishga alohida e'tibor qaratilayotgani tufayli bugungi kunga kelib, kompaniyaning30 ta korxonasida ISO 9001:2008 xalqaro sifat menejmenti tizimi yulga qo'yildi. 2016 – 2017 yillarda “O'zstandart” agentligi bilan kelishilgan holda, yana 7 ta korxonada ISO 9001 sifat menejmenti, 2 ta korxonada esa ISO 50001 energiya menejmenti tizimlarini qo'llash qo'zda tutilmoqda.

Joriy yilda ISO 9001 sifat menejmenti tizimini “Jahongir Servis” MChJ, “Oxangarontsement” AJ, “Kuvasoytsement” AJda, ISO 5001 energiya menejmenti tizimini “Buxorogips” QK AJda tatbiq qilish belgilangan bo'lib, hozirgi paytga qadar “Buxorogips”" QK AJ va “Quvasoytsement” AJga qaytadan sertifikatlar berildi.

Eksport salox,iyati tobora oshmokda

Bugungi kunda yurtimizda ichki bozorning qurilish materiallariga bo'lgan talabi qondirilishi barobarida, uning katta qismi eksportga yo'naltirilmoqda. Chunonchi, 1991-2016 yillar mobaynida 50 ta korxona tomonidan umumiy qiymati 885 mln. AQSh dollarilik mahsulot xorijga yuborildi.

Ayni paytda kompaniya ma'muriyati korxonalarning eksport salohiyatini yanada yuksaltirish maksadida Turkmaniston, Qozog'iston, Qirgiziston, Rossiya, Ozarbayjon kabi mamlakatlarda dilerlik tarmoqlari va vakolatxonalarini ochish bo'yicha ish olib bormoqda.

Import o'rnini bosadi

Ma'lumki, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 2009 yildan e'tiboran qishloq joylarda namunaviy loyixalar asosida uy-joylar kurila boshlangach, qurilish materiallariga bo'lgan talab yanada ortdi. Hozirgi kunda bino hamda inshootlarni bunyod etish uchun 62 turdagi mahalliy qurilish buyumlari ishlatilayotgani, bu jami materiallarning 89,8 foizini tashkil qilayotgani bunga misol bo'la oladi.

Darhakikat, “O'zqurilishmateriallari”da keyingi yillarda ichki bozorni maalliy qurilish materiallari bilan to'ldirish, import va eksport hajmini oshirish diqqat-e'tiborda turibdi. Xususan, 2012-2015 yillarda respublikamizga import qilinadigan qurilish materiallari tahlil etilganda, 150 mln. dollarlik 15 turdan ziyod ana shunday materiallar zarurligi, ularni respublikamizda tayyorlash masalasini kun tartibiga qo'yish shartligi ayon bo'ldi. Shunga ko'ra, 50 dan ortiq korxonalarda quruq qurilish qorishmalari, “ToshQMK" aktsiyadorlik jamiyati, “Moderna Ceramic Industries Fergana” qo'shma korxonasida sopol plitkalar ishlab chiqarish hajmi orttirilgan bo'lsa, “Art Mosaic”, “Azia Mosaic”, “Bill Tosh”, “Fiammata” singari mas'uliyati cheklangan ja-miyatlarida bezaklovchi material¬lar, “Grand Art Ceramics” qo'shma korxonasida sanitar-texnika buyumlari tayyorlashga kirishildi. Bu sunggi uch yil davomida qurilish materiallarini import qilish hajmini 3,5 barobar kamaytirish imkonini berdi.

Xulosa o'rnida aytganda, o'tgan 25 yil mobaynida mamlakatimizda qurilish materiallari sanoati zamonaviy, modernizatsiyalashtirilgan, texnik va texnologik jihatdan jihozlangan, energiya tejovchi, iqtisodiy barkaror, raqobatdosh tarmoqqa aylandi. Kompaniyada erishilgan salmoqli natijalar esa ko'plab xorijiy mutaxassislaru ekspertlar tomonidan o'z e'tirofini topayotgani buning yaqqrl tasdig'idir.


Abdurakhman MAKHAMADIEV,

«O'zqurilishmateriallari» aktsiyadorlik kompaniyasi raisi uriibosari

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech