2,0 trln so‘mlik import o‘rnini bosuvchi qurilish materiallari ishlab chiqariladi

News image

So‘nggi yillarda Respublikada qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishda Davlatimiz rahbari tomonidan alohida e’tibor qaratilganligi natijasida, bugungi kunda ushbu tarmoq mamlakat iqtisodiyotning asosiy “drayver” sohasiga aylanmoqda. Ishlab chiqarish, kesport ko‘lami, mahalliylashtirish darajasi yil sayin ortib bormoqda.

2024-yilda 37,9 trln so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarilib, o‘sish 111 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan.

IMG_3646.jpg

Jumladan, joriy yilda 42 mln kv.m qurilish oynasi (o‘sish 110,5 foiz), gipskarton listlari - 90 mln kv.m (103,4 foiz), sement - 16,7 mln tonna (110,4 foiz), keramik plitka - 42,0 mln kv.m (102,4 foiz) kabi qurilish materiallari ishlab chiqariladi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida jami 2,0 trln so‘mlik import o‘rnini bosuvchi qurilish materiallari ishlab chiqarilib, o‘sish 104,5 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Jumladan, issiqlik saqlovchi materiallar, keramik sanitar-texnik buyumlari, keramogranit kabi mahsulotlarni ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi.

photo_2019-10-24_15-25-42.jpg

Shuning bilan birga, sohada import hajmlarini optimallashtirish maqsadida "Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi" doirasida mahsulotlar sotib olish bo‘yicha 25 mlrd so‘mlik shartnomalar tuzilgan.

2024-yilda qurilishda ishlatilayotgan an’anaviy qurilish materiallariga (asbestli shifer, beton va sh.k.) muqobil ravishda yangi turdagi ishlab chiqarishda energiya tejamkor zamonaviy qurilish materiallari, xususan bazalt tolasidan kompozitsion to‘lqinsimon asbestsiz shifer, tabiiy va ikkilamchi resurslardan yuqori sifatli gibrid qo‘shimchali portlandsement va vermikulit xomashyosidan o‘ta yengil betonlar ishlab chiqarish texnologiyalari yaratiladi.

photo_2021-03-30_10-51-11.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech