2017-2021 yillarda 4,2 mlrd dollarlik investitsiya o‘zlashtirilgan

News image

So'nggi yillarda mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida olib borilgan ijobiy islohotlar natijasida iqtisodiyotimizning asosiy drayverlaridan biri qurilish materiallari sanoati jadal sur’atlarda rivojlandi.

Xususan, 2017-2021 yillarda umumiy qiymati 4,2 mlrd dollarlik, shundan 3,4 mlrd dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi va qariyb 4600 ta yangi loyihalar ishga tushirildi.

Investitsiya yo‘nalishida 2021 yilda umumiy qiymati 1,1 mlrd dollarlik 904 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilib, qariyb 14 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

photo_2021-08-26_18-18-24.jpg

Xususan, o‘tgan yilda “Ohangaronsement” AJda 2,4 mln tonna va “Rash milk” MCHJda 1,2 mln tonna sement, “Kvars” AJda 22 mln kv metr float-oyna, “Surxon KSP Grand” MCHJda 150 ming kub metr qamishdan DSP, "Knauf Gips Fergana" MCHJ XKda 15 mln kv metr gipsokarton, “Alijon” XKda 450 ming kub metr gazobeton, “Akfa Insuleyshn” MCHJda 30 ming tonna bazalt issiqlik saqlovchi plitalar, "Sanfa Engineering" MCHJda 2,5 mln kv metr linoleum kabi yangi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi.

Gulqog‘oz, gazoblok, polistrolblok, bazalt tolasi, geosetka, dekorativ bo‘yoqlar, har xil turdagi keramik plitalar kabi yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.

Buning natijasida, qurilish materiallarining ishlab chiqarish hajmi 2017 yildagi 8,1 trln so‘mdan 2021 yilda 24,2 trln so‘mga (3 barobar) oshdi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech