2017-2021 yillarda qurilish materiallari ishlab chiqarish 3 barobarga oshdi

News image

Keyingi 5 yilda mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida olib borilgan ijobiy islohatlar natijasida qurilish materiallari sanoati jadal sur’atlarda rivojlandi.

Xususan, qurilish materiallari sanoatining yillik ishlab chiqarish hajmi 2017 yildagi 8,1 trln so‘mdan 2021 yilda 24,2 trln so‘mga (3 barobar) oshdi. Jumladan,

  • sement ishlab chiqarish 14,2 mln tonnaga (o‘sish 1,6 barobar);
  • qurilish oynasi – 28 mln kv metrga (2,2 barobar);
  • keramik plitka – 22 mln kv metrga (2,3 barobar);
  • gulqog‘oz – 2,6 mln o‘ramga (129 barobar);
  • shu kabi gipsokarton plitalari 68 mln kv metrga (2,3 barobar) yetkazildi.

IMG_4174.jpg

Sohaga 2017 yilda 560 mln dollarlik investitsiya jalb qilingan bo‘lsa, o‘tgan yilda bu ko‘rsatkich 1,4 mlrd dollarga yoki 2,5 barobarga ko‘paydi.

Shuningdek, eksport hajmi 71,4 mln dollardan 438,1 mln dollarga (6,1 barobar) yetkazildi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida mahsulotlar ishlab chiqarish 103,2 mlrd so‘mdan 923 mlrd so‘mni tashkil etib, 8,9 barobarga oshgan.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech