2022-yilda “Tadbirkorlar maktabida” 500 nafarga yaqin tinglovchi tahsil oldi

News image

Bugun AOKAda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov “Tadbirkorlar maktabi” faoliyati haqida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-iyundagi “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6244-sonli farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamda "O‘zsanoatqurilishbank" ATB tomonidan tadbirkorlik subyektlari va manfaatdor aholi vakillarini qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida biznesni zamonaviy asosda tashkil qilishga o‘qitish, ularga yanada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida “O‘zqurilishmaterialLITI” MCHJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi huzurida “Tadbirkorlar maktabi” o‘quv markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

O‘quv mashg‘ulotlarining muddati ikki xaftaga mo‘ljallangan bo‘lib, urg‘u asosan amaliyotga beriladi, shuningdek kurs alohida biznes loyiha tayyorlashni ham nazarda tutadi.

Amaliy darslar qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi, yirik korxonalarda tashkil etiladi. O‘quv jarayonini zamonaviy xorij standartlari asosida tashkil etilgan bo‘lib, xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va dasturlari Germaniya ta’lim tizimida ko‘p qo‘llaniladigan dual-ta’lim dasturlari asosida ishlab chiqilgan.

O‘quv mashg‘ulotlarga o‘z sohasida yuqori malakaga ega mahalliy va xorijiy mutaxassislar o‘qituvchi sifatida jalb qilingan.

Jumladan amaliy tajribasini inobatga olgan holda 25 nafarga yaqin o‘qituvchilar tanlov asosida jalb etilgan bo‘lib, shundan, 4 ta fan doktori, 3 ta professor, 7 ta fan nomzodi va 6 ta dots.nti hisoblanadi.

O‘quv markaz bir vaqtning o‘zida 40 nafar tinglovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, tinglovchilar uchun barcha zaruriy ta’lim vositalari, o‘quv qurollari, adabiyotlar bilan ta’minlangan. Mashg‘ulotlar zamonaviy o‘quv dasturlari va yangi ta’lim metodlari asosida amalga oshiriladi.

10 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatilgan bo‘lib, jami 72 soatga mo‘ljallangan kurslar, modullarga ajratilgan holda chuqur malaka va ko‘nikmaga ega, fan nomzodlari, fan doktorlari, professorlar tomonidan olib boriladi.

Xususan, energiya tejamkor qurilish materiallari ishlab chiqarish texnologiyalari: xalqaro tajriba bo‘yicha Turkiya Respublikasining Maltepe universitetining PhD darajasiga ega mutaxassisi Shaxin Xabibi, Budapesht texnologiyalar va iqtisodiyot universiteti DSc darajasiga ega mutaxassislari Tibor Czigany hamda Janos Levendovszky lar jalb etiladi.

O‘quv mashg‘ulotlari yakunida bitiruvchilarga “kelajak uchun bo‘nak” tamoyili asosida maxsus raqamlangan sertifikatlar taqdim etiladi va ularning keyingi faoliyati mutaxassislar orqali doim qo‘llab quvvatlab boriladi.

Orttirgan bilim, ko‘nikma va malakadan foydalanib o‘z biznesini boshlash uchun yakka tartibda biznes loyiha tayyorlaydi. Ushbu jarayonda ularga soha maslahatchilari biriktiriladi va doimiy tarzda hududlarda tashkil etilgan “Qurilish materiallarini rivojlantirish markazlari” tomonidan amaliy ko‘mak berib boriladi.

Shu kunga qadar o‘quv mashg‘ulotlarida 12 ta korxona rahbari, 16 ta injener-texnolog, 14 ta qurilishda ish boshqaruvchi, 15 ta davlat xizmatchisi, 32 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar, 6 ta tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchi, 26 ta magistr va 43 ta bakalavrlar va boshqa manfaatdor aholi vakillari faol qatnashdilar hamda o‘z bilimlarini yanada oshirdilar.

O‘quv markazi uchun alohida logotip, o‘quv xonalari zamonaviy standart va talablar asosida ta’mirlangan. Tinglovchilar yagona shakldagi maxsus kiyimlar bilan bepul ta’minlangan.

2022-yil davomida o‘tgan 12 mavsumda jami 484 nafar tinglovchilar qisqa muddatli kurslarda o‘z bilim, malaka va ko‘nikmalarini oshirdilar.

Shu jumladan, o‘quv markazi tomonidan tinglovchilarning bildirayotgan taklif va mulohazalari doimiy tarzda taxlil qilinib “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech