2022 yilning eng yaxshi qurilish materiali brendlari aniqlandi

News image

Mamlakatimizda yildan-yilgan qurilish materiallari sohasi taraqqiy etib bormoqda. Ishlab chiqarish, yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, eksport va mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha ko‘rsatkichlar o‘sib bormoqda. Hozirda nafaqat mahalliy balki jahon bozorida ham mamlakatimizda ishlab chiqarilgan qurilish materiallariga bo‘lgan talab ortmoqda. Shu bilan birga yangi turdagi qurilish materiallarini ishlab chiqarish ham o‘zlashtirilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda bugungi O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati iqtisodiyotimizning asosiy drayverlaridan biri.

Joriy yil yakuni bo‘yicha “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi "O‘zsanoatqurilishbank" ATB ko‘magida kutilgan natijalarga erishdi. Xususan, joriy yil yakuni bilan qurilish materiallari sohasida 28,6 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, o‘sish sur’ati 105 foizni tashkil etdi.

Jumladan, 35 mln kv m qurilish oynasi (o‘tgan yilga nisbatan 107 %), gipsokarton – 69 mln kv m (108 %), sement - 14,5 mln tonna (102,1 %), keramik plitka – 36 mln kv m (108,1 %) kabi mahsulotlar ishlab chiqarildi.

2022 yil yakuni bilan 1,8 mlrd dollarlik, shundan 1,14 mlrd dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilindi. Qiymati 1,4 mlrd dollarlik 420 ta loyihalar ishga tushirildi va 14,2 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

Eksport geografiyasini va mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish hisobiga 610 mln dollar miqdorida eksport amalga oshirilib, 139 foizga o‘sish ta’minlandi.
Bunda, 36,9 mln dollarlik gulqog‘oz, keramik mahsulotlari – 92 mln dollar, PVX va plastmassa buyumlar – 88 mln dollar, alyumindan qurilish materiallari – 41,5 mln dollar, metall buyumlar – 151,8 mln dollar kabi mahsulotlar eksport qilindi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida 1,4 trln so‘mlik 13 turdagi mahalliylashtirilgan qurilish materiallari ishlab chiqarildi.

Jumladan, 23 mln kv metr qurilish oynasi, 1,8 mln kv metr keramogranit, 4 mln kv metr linoleum, 9,6 mln kv metr yangi turdagi keramik plitka, 40 ming dona keramikadan santexnika buyumlari kabi mahsulotlarni ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi.

Albatta bunday yuqori natijalarga erishishda sanoat korxonalarining o‘rni beqiyos. Shu bois “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan bozor talab va taklifini o‘rganish maqsadida “2022 yilning eng yaxshi qurilish materiali brendi” ijtimoiy so‘rovnomasi o‘tkazildi. Unda 220 ming ishtirokichlar qayd etildi. 4 kun davom etgan so‘rovnoma natijasiga ko‘ra umumiy hisobda 81 ming ta ovoz to‘plagan “BASALT” (“BASALT WOOL” MCHJ QK) brendi tanlov g‘olibi deb topildi. Shuningdek, 56 ming ovoz to‘plagan “ARTON” (“East Mining Invest” MCHJ) va 36 ming ovozga “ORIENT CERAMIC” (“ORIENT CERAMIC” MCHJ) brendlari “2022 yilning eng yaxshi qurilish materiali brendlaridan biri” nominatsiyalarini qo‘lga kiritishdi.

Bugun “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida tanlov g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda uyushma rahbar-xodimlari, tadbirkorlar va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech