2023 yilda jami 2 mlrd. dollarlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi

News image

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan “2023 yilda qurilish materiallari sanoatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda uyushma rahbariyati, soxa mutaxassislari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Anjumanda dastlab, 2023 yilda mamlakatimizda qurilish materiallari ishlab chiqarish, eksport-import ko‘rsatkichlari, investitsiya loyihalar haqida to‘liq ma’lumot berildi.

Ta’kidlanishicha, Joriy yilda sanoat korxonalari tomonidan 35,3 trln so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarish rejalashtirilgan. 2023 yilda 1 mlrd dollarlik eksport amalga oshiriladi. Shuningdek, 2023 yilda mahalliylashtirish dasturiga ko‘ra 1,7 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

photo_2023-02-27_17-03-27.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Turkiya, Xindiston, Germaniya, Fransiya, Belarussiya va Janubiy Koreya mamlakatlariga davlat tashrifi doirasida zamonaviy import o‘rnini bosuvchi qurilish materiallarini ishlab chiqarish uchun horijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida ilg‘or horijiy kompaniyalar bilan umumiy qiymati 2 mlrd 295 mln dollarlik 44 ta Memorandum va Kelishuvlar imzolandi. Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining Bayonlari bilan amalga oshirilgan loyihalar nazoratdan chiqarilib yagona “Yo‘l xaritalari” tasdiqlangan.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 dekabrdagi PQ-459-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2023–2025 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga va hududlarni ijtimoy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga asosan 2023 yilda jami 2,0 mlrd dollarlik 465 ta investitsiya loyihalari amalga oshiriladi, mazkur loyihalarni moliyalashtirishga 1,2 mlrd dollar xorijiy investitsiya va kreditlar jalb etiladi va 15 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

photo_2023-02-27_17-03-28 (2).jpg

Bundan tashqari, tezkor ma’lumotlarga ko‘ra hududiy dasturlarga asosan qurilish materiallari sohasi bo‘yicha mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 118,5 mln dollar bo‘lgan 35 ta, Farg‘ona viloyatida umumiy qiymati 321,7 mln dollar bo‘lgan 33 ta, Samarqand viloyatida 250,1 mln dollar bo‘lgan 69 ta, Jizzax viloyatida 224 mln dollarlik 18 ta, Navoiy viloyatida 210,3 mln dollar bo‘lgan 41 ta, Namangan viloyatida esa 162 mln dollarlik 38 ta loyiha ishga tushiriladi.

Yirik investitsiya loyihalari asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Farg‘ona, Samarqand, Jizzax Navoiy, Namangan, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahrida amalga oshiriladi.

Misol uchun, Navoiy viloyatida "Qizilqumsement" AJda 126 mln dollar investitsiya hisobiga yiliga klinker (4-liniya) ishlab chiqarish quvvati 1,8 mln tonnaga kengaytirish loyihasi ishga tushiriladi va 40 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Toshkent shahrida esa "Oriyent Keramik" MCHJ tomonidan yillik quvvati 9,0 mln.kv.m bo‘lgan import o‘rnini bosuvchi va eksportbop keramik plitkalar ishlab chiqarish maqsadida yangi zavod foydalanishga topshiriladi va 200 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Loyihaning umumiy qiymati 60 mln dollarni tashkil etadi.

Mamlakatimizning shimoliy hududi bo‘lmish Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorao‘zak tumanida 65 mln dollar investitsiya hisobiga "Qoraqalpoqsement" MCHJ QKda yuqori markali sement ishlab chiqarishni 1,1 mln tonnaga kengaytirish ishlari amalga oshiriladi. Natijada 150 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

photo_2023-02-27_17-03-28.jpg

Jizzax viloyatida "DIABAZ COMPOZIT GROUP" MCHJda 70 mln dollar investitsiya hisobiga 4,2 ming tonna eksportbop uzluksiz bazalt tolasi ishlab chiqarish tashkil etiladi va 100 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Xorazm viloyatida "NEW BEST STYLE" MCHJ tomonidan 9,7 mln dollar investitsiya hisobiga eksportbop gulqog‘oz ishlab chiqarish quvvatlari 1,0 mln rulonga oshirlib, jami yillik ishlab chiqarish 2,5 mln rulonga yetkaziladi.

Samarqand viloyatida "KAYUMOV STROY INVEST" MCHJda 15,7 mln dollar investitsiya hisobiga yiliga 200 ming kub metr avtoklav usulida gazobeton bloklari va 60 ming tonna ohak ishlab chiqarishni tashkil etilib, 150 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi.

Mazkur loyihalarni amalga oshirish natijasida yangi turdagi import o‘rnini bosuvchi sement, quvur va geosetkalar, keramogranit, burama mixlar, marmar, travertin va granit plitalari, temir-beton, keramik plitkalar, gipsokarton listlari, gazobeton va penobeton bloklari kabi qurilish materiallarini ishlab chiqarish yangi quvvatlari o‘zlashtiriladi.

Mahsulotlar kesimida oladigan bo‘lsak, 2023 yilda sement ishlab chiqarish bo‘yicha 7 ta, plastik quvur va fitinglar ishlab chiqarish bo‘yicha 9 ta, keramik plitkalar ishlab chiqarish bo‘yicha 3 ta, bazalt asosida kompozit materiallar va issiqlik saqlovchi mineral plitlar ishlab chiqarish bo‘yicha 5 ta, gazobeton ishlab chiqarish bo‘yicha 3 ta, gipsokarton listlari ishlab chiqarish bo‘yicha 5 ta, gulqog‘oz ishlab chiqarish bo‘yicha 2 ta, temir-beton buyumlari ishlab chiqarish bo‘yicha 58 ta loyihalar amalga oshiriladi.

Tadbir davomida OAV o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxasislardan to‘liq javob olishdi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech