2023-yilda Qozog‘iston davlatiga 158,4 mln dollarlik eksport amalga oshirilgan

News image

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda boshqa sohalar kabi qurilish materiallari yo‘nalishida olib borilayotgan tub islohotlar natijasida yangi quvvatlar qurib foydalanishga topshirilmoqda. Shuningdek, yangi turdagi, innovatsion, energiya tejamkor qurilish materiallari ishlab ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Natijada “made in Uzbekistan” yorlig‘i ostidagi qurilish materiallarining nafaqat mahalliy balki, jahon bozorida o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda. Hozirda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan qurilish materiallarini xarid qilishda Qozog‘iston yetakchi sanaladi. 2023-yilda jami 158,4 mln dollarlik mahsulot ushbu davlatga eksport qilingan. Shu bilan birga 77,8 mln dollar miqdoridagi qurilish materiallari import qilingan.

Joriy yilning o‘tgan 3 oy davomida qo‘shni davlatga 38 mln dollarlik mahsulot yetkazib berilgan. Jumladan, 15,7 mln dollar - metall buyumlar, 4,9 mln dollar - keramika mahsulotlari, 3,1 mln dollar - quruq qurilish qorishmalari va bog‘lovchi mahsulotlar, 2,6 mln dollar - PVX profil, truba va plastmassa mahsulotlari, 2,0 mln dollar - oboyi va boshqa qog‘oz mahsulotlari  , tosh mahsulotlari 1,4 mln dollar, 1,1 mln dollar - alyumin profil va alyumindan yasalgan mahsulotlar, 814,3 ming dollar - issiqlik saqlovchi materiallar va boshqa qurilish materiallari eksporti amalga oshirildi. 2024-yil yanvar-mart oylarida Qozog‘iston davlatidan 7,8 mln dollar bo‘lgan qurilish materiallari import qilingan.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan hukumat topshirig‘iga ko‘ra, qurilish materiallari eksportini yanada oshirish maqsadida bir qator davlatlarda savdo uylarini ochish ko‘zda tutilgan. Jumladan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston  va Tojikiston davlatlarida savdo maskanlarini barpo etish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, Respublikada 10 mingga yaqin qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxona mavjud bo‘lib, ushbu korxonalar tomonidan 2024-yilda 37,2 trln so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Investitsiya dasturlari doirasida 2024-2026-yillarda qiymati 4,5 mlrd dollarlik 542 ta yangi loyiha amalga oshirish rejalashtirilgan.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech