2023 yilda qurilish materiallari sohasida jami 35,3 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqariladi

News image

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi hamkorligida “Qurilish materiallari ishlab chiqarish va qo‘llashda sifat va nazorat” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda mutasaddilar, soxa mutaxassislari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Anjumanda dastlab, 2023 yilda mamlakatimizda qurilish materiallari ishlab chiqarish, eksport-import ko‘rsatkichlari, investitsiya loyihalari haqida to‘liq ma’lumot berildi.

1 photo_2023-06-20_12-22-28 (2).jpg

2 photo_2023-06-20_12-22-28.jpg

Ta’kidlanishicha, 2023 yilning I-choragida qurilish materiallari sohasida jami 5,1 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, o‘sish 104,7 foizni tashkil etgan. Jumladan, o‘tgan hisobot yilida 2,5 mln tonna sement, 7,6 mln kv m qurilish oynasi, 13,0 mln kv m gipsokarton, 6,4 mln kv m keramik plitka, 400 ming o‘ram gulqog‘oz kabi qurilish materiallari ishlab chiqarildi.

Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 23 fevraldagi № 74-F-sonli farmoyishi bilan 2023 yilda sement ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansining parametrlari tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra joriy yilda 17,0 mln tonna sement ishlab chiqarish va shundan 7,6 mln tonnasini birja savdolari orqali sotish belgilangan.

3 photo_2023-06-20_12-22-29 (2).jpg

4 photo_2023-06-20_12-22-30.jpg

Joriy yilning birinchi choragida jami 2,5 mln tonna sement ishlab chiqarilgan. Ushbu davrda birja savdolarida sotilgan 515,4 ming tonna sement iste’molchilarga yetkazib berilgan.

2023 yil yakuni bilan yiliga 5,8 mln tonna sement ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushiriladi va jami Respublikada sement ishlab chiqarish quvvatlari 32 mln tonnaga yetkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining2022 yil 28 dekabrdagi PQ-459-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2023–2025 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra va Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi yig‘ilishining 14- son va 23-son bayonlariga asosan 2023 yilning manzilli ro‘yxat bo‘yicha umumiy qiymati 951,1 mln dollarlik 27 ta loyiha bo‘yicha joriy yilda jami 193,9 mln dollar o‘zlashtirish belgilangan.

2023 yilning yanvar-mart oyning yakuni bilan 17,7 mln dollar o‘zlashtirilib, reja 100,8 foiz bajarildi. E’tiborlisi, 2023 yilda 9 ta loyihani ishga tushirish va 840 ta yangi ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.

2023 yil I-choragida 14,0 mln dollar PVX profillar va trubalar, 8,1 mln dollar alyumin profillar, 11,2 mln dollar keramik plitka va keramika mahsulotlari, 8,3 mln dollar quruq qurilish aralashmalari va sementdan bog‘lovchi materiallar, 9,7 mln dollar oboy kabi qurilish materiallarining eksporti amalga oshirildi.

Ushbu davrda qurilish materiallari eksporti geografiyasi an’anaviy hisoblangan bozorlar ya’ni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikistondan tashqari Ozarbayjon, Turkiya, Kanada, Ruminiya davlatlari hisobiga kengaytirildi.

Hisob kitoblarga ko‘ra, 2023 yilda qurilish materiallari sohasida jami 35,3 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, o‘sish 115 foizni tashkil etilishi kutilmoqda. Jumladan, joriy yilda 16,6 mln tonna sement (2022 yilga nisbatan 113,7 %), 38 mln kv m qurilish oynasi (108,6 %), 76,0 mln kv m gipsokarton (110,1 %), 39 mln kv m keramik plitka (108,3 %), 3,2 mln o‘ram oboy (106,7 %) kabi qurilish materiallari ishlab chiqariladi.

5 photo_2023-06-20_12-22-28 (3).jpg

6 photo_2023-06-20_12-22-31.jpg

2023 yilda 1 mlrd dollarlik qurilish materiallari eksporti amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 24 yanvardagi PQ-99-son qaroriga asosan 2023 yilda mahalliylashtirish dasturi doirasida jami 1,8 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, belgilangan rejani 132,1 foizga bajarilishi ta’minlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 maydagi “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4335-sonli qaroriga asosan, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida xalqaro standartlarni o‘rganish, sohaga tadbiq etish hamda sifatli va xavfsiz yangi turdagi qurilish materiallarini ishlab chiqarishga joriy qilish maqsadida 2019-2021 yillarda jami 1387 ta ISO va EN xalqaro standartlari qabul qilindi.

Bugungi kunda qurilish va qurilish materialllari sanoati sohasida talablarni va sinash usullarini belgilaydigan 2 797 ta standardlardan 2 264 tasi xalqaro standartlarga uyg‘unlashtirilgan.

Tadbir davomida OAV o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxasislardan to‘liq javob olishdi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech