2023 yilda Respublikada 19,7 mln tonna sement ishlab chiqariladi

News image

Asosiy qurilish materiali hisoblanmish sement ishlab chiqarish yildan-yilga ortib bormoqda. Xususan, o‘tgan yili sanoat korxonalari tomonidan 14,6 mln tonna sement ishlab chiqarildi. Joriy yilda ushbu ko‘rsatkich 19,7 mln tonnani tashkil etishi rejalashtirilgan. Bunday yuqori natijalarga investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali erishilmoqda. Yangi, zamonaviy sement zavodlari barpo etilmoqda. Mahsulot turlari kengaytirilmoqda. Hozirda M-400 dan tortib M-600 gacha bo‘lgan portlandsement tayyorlanmoqda. Statistikaga e’tibor qaratadigan, 2022 yilda sement ishlab chiqarishni tashkil bo‘yicha 7 ta investitsiya loyihasi amalga oshirildi. Natijada qo‘shimcha 5,760 mln tonna quvvat yaratildi.

IMG_2488.jpg

photo_2020-10-22_10-30-40.jpg

Jumladan, Navoiy shahrida “Qizilqumsement” AJda yillik imkoniyati 2,2 mln tonna qo‘shimcha quvvat va Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yiliga 1,2 mln tonna sement ishlab chiqarish imkoniyatiga ega "Qarshi Conch Cement" MCHJ XK korxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Farg‘ona viloyatida esa "Shaffof Sement Sanoat" MCHJ QKda yiliga 360 ming tonna sement ishlab chiqarish quvvati yaratildi. Shuningdek, "Namangan sement" MCHJ ( ishlab chiqarish hajmini oshirish 2-bosqichi), "GSR Building material" MCHJ, "Jaxon Yevro Servis" MCHJkabi sement zavodlari foydalanishga topshirildi.

IMG_4651.jpg

photo_2021-12-02_12-56-35.jpg

Ma’lumot uchun, Respublikamizda jami 35 ta sement zavodlari faoliyat yuritadi. Jami ishlab chiqarish quvvati 26,3 mln tonnani ni tashkil etadi. Hozirda so‘nggi birja savdolarida bir tonna sement 589,1 ming so‘mdan sotilgan.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech