2024 yildan sement ishlab chiqarish uchun ohaktosh bo‘yicha soliq stavkasini 11 ming 250 so‘mgacha pasaytirish taklif etilmoqda

News image

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2024 yildan boshlab yer qa’ridan foydalanganlik uchun sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ohaktosh bo‘yicha belgilangan 1 tonna uchun 22 ming 500 so‘mlik soliq stavkasini 11 ming 250 so‘mgacha pasaytirishni taklif qilmoqda. Ushbu taklif bo‘yicha ma’lumot 2024−2026 yillar bo‘yicha budjetnomada keltirib o‘tilgan.

Ma’lum qilinishicha, sement ishlab chiqarish uchun faqat ko‘mirdan foydalanuvchi zavodlar uchun belgilangan kamaytirilgan soliq stavkalari bekor qilinmoqda.

Shuningdek, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha alohida turdagi, qat’iy belgilangan soliq stavkalari (sement ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan ohaktoshdan tashqari) 12 foizga indeksatsiya qilinmoqda.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech