272 mln dollar miqdorida qurilish materiallari va xizmatlari eksporti amalga oshirildi

News image

Joriy yilning yarim yilligi bo‘yicha olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra tarmoq korxonalari tomonidan 272 mln dollar miqdorida qurilish materiallari va xizmatlari eksporti amalga oshirilib, belgilangan reja 101 foizga bajarildi.

Yuqoridagi eksport ko‘rsatkichlarga 62 mln dollarlik metaldan buyumlar, 31 mln dollarlik keramik plitka va keramika buyumlari, 16 mln dollarlik alyumin profil va panellar, 33 mln dollarlik PVX profil, truba va fitinglar, 22 mln dollarlik quruq qurilish qorishmalari, 20 mln dollarlik gulqog‘oz, 10 mln dollarlik tabbiy pardozbop toshlar kabi qurilish materiallar eksport qilish hisobiga erishildi.

Joriy yilning o‘tgan hisobot davrida qurilish materiallari eksporti geografiyasi an’anaviy hisoblangan bozorlar ya’ni Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmanistondan tashqari Afg‘oniston, Rossiya, Belarus, Litva, Turkiya, Ukraina, Ozarbayjon, Xitoy va Eron davlatlari hisobiga kengaytirildi.

Shuningdek, eksport ko‘lamini kengaytirish, yangi hamkorlarni topish maqsadida mahalliy tadbirkorlar va uyushma mutaxassislari Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Turkiya, Ozarbayjon, Xitoy, Eron kabi davtlarda tashkil etilgan xalqaro ko‘rgazma forumlarda ishtirok etishmoqda.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech