6 oyda 287,4 mln dollar qurilish materiallari eksport qilindi

News image

Bugun AOKAda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov Qurilish materiallarini eksport qilish yo‘nalishidagi ishlar tahlili haqida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan 2022 yilda soha korxonalariga 600 mln dollar miqdorda qurilish materiallari va xizmatlarini eksport qilish reja ko‘rsatkichlari, jumladan, yanvar-iyun oylari uchun 232,8 mln dollar miqdorida eksport qilish rejalashtirilgan edi.

Joriy yil 6 oyligi yakuni bo‘yicha olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra tarmoq korxonalari tomonidan 287,4 mln dollar miqdorida qurilish materiallari va xizmatlari eksporti amalga oshirilib, belgilangan reja 123 foizga bajarildi. Bu 2021 yil joriy davriga nisbatan 227 foizga yoki 161 mln dollarga ko‘p demakdir.

Yuqoridagi eksport ko‘rsatkichlari 49 mln dollar metall buyumlar, 40 mln dollarlik PVX profil, truba va fitinglar, 39 mln dollarlik keramik plitka va keramika buyumlari, 19 mln dollarlik alyumin profil va panellar, 16 mln dollarlik gulqog‘oz va boshqa devor qoplamlari, 15 mln dollarlik quruq qurilish qorishmalari va sement mahsulotlari, 7 mln dollarlik tabbiy pardozbop toshlar, 5 mln dollarlik issiqlik saqlovchi materiallar, 5 mln dollarlik oyna va oyna mahsulotlari kabi qurilish materiallar eksport qilish hisobiga erishildi.

E’tiborli jihati, aksariyat qurilish materiallar bo‘yicha tarmoqda yangi quvvatlarni yaratilishi va modernizatsiya qilinishi, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi hamda yangi korxonalarni eksportga jalb qilinishi hisobiga ba’zi turdagi qurilish materiallari eksportini 2021 yil shu davriga nisbatan bir necha barobarga oshirishga muvaffaq bo‘lindi. Misol uchun, 2021 yilga nisbatan metall buyumlar 7 barobarga, keramik plitkalar 3 barobarga, tabiiy pardozbop toshlar 3 barobarga, gulqog‘oz 2 barobarga, PVX profil, truba va fitinglar 2 barobarga ko‘p eksport qilindi.

Joriy yilning o‘tgan hisobot davrida qurilish materiallari eksporti geografiyasi an’anaviy hisoblangan bozorlar ya’ni Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmanistondan tashqari Afg‘oniston, Rossiya, Litva, Turkiya, Ukraina, Ozarbayjon, Xitoy va Eron davlatlari hisobiga kengaytirildi.

Qurilish materiallarining asosiy eksport bozorlari bo‘lib qo‘shni respublikalar bozorlari hisoblanib, ushbu davlatlarning umumiy eksportdagi ulushi qariyb 71 foizni tashkil etmoqda. Xususan, davlatlar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, Qozog‘istonga – 77,5 mln dollarlik, Qirg‘izistonga – 37,8 mln dollarlik, Tojikistonga – 28,8 mln dollarlik, Rossiyaga – 22,7 mln dollarlik, Turkmanistonga – 12,0 mln dollarlik, Litvaga – 11,8 mln dollarlik, Xitoyga – 8,6 mln dollarlik, Polshaga – 8,1 mln dollarlik, Turkiyaga – 5,3 mln dollarlik qurilish materiallari eksporti amalga oshirilgan.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech