Aglomerat haqida bilasizmi?

News image

Aglomerat - tabiiy toshlar yoki minerallarning aralashmasi, shuningdek pigmentlar va bog‘lovchilardan tashkil topgan material hisoblanadi.

Aglomerat - bu eng zamonaviy muqobillardan sifat jihatidan ustun bo‘lgan, istiqbolli sun’iy tosh materiali hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda aglomerat ishlab chiqarishga bo‘lgan talab real taklifdan ancha yuqori. Shu sababli aglomerat ishlab chiqarish investitsiyalarning istiqbolli yo‘nalishi hisoblanadi.

Bugungi kunda Respublikamizda aglomerat ishlab chiqarish va uni sotish bozori o‘zining rivojlanish bosqichini nomoyon etmoqda. O‘zbekistonda aglomerat uy joy qurilishida foydalanish rivojlangan mamlakatlarga nisbatan pastligi, aglomerat ishlab chiqarish bozorining o‘sish ko‘rsatkichlari istiqbolli ekanligini ko‘rsatadi.

Aglomerat ishlab chiqarish bozori tez sur’atlar bilan ommalashmoqda va bozorda yangi ishlab chiqaruvchilar hamda yangi-yangi xom ashyo yetkazib beruvchilar paydo bo‘lmoqdalar.

Rossiya Federatsiyasi, Isroil, Portugaliya, Xitoy, Italiyaning bir qator - aglomerat ishlab chiqaruvchilari jahonda yetakchi kompaniyalardan hisoblanishadi. Isroilning “Caesarstone”, Portugaliyaning “Compac”, shuningdek “Plaza stone”, “Vicostone” nomli aglomerat ishlab chiqaruvchilari shu kungacha muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Kompaniyalar 70 turdan ortiq sifatli aglomerat plitalari ishlab chiqaradi. Kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan xom ashyolar va mahsulotlarning sifati butun dunyoda tan olingan.

Aglomerat tarkibida tabiiy marmar va granit, kvars qumi, yarim qimmatbaho hamda qimmatbaho minerallar, metall bo‘lishi mumkin. Poliefir smolalar yoki sement bog‘lovchi modda sifatida ishlatiladi. Ba’zan yuqori mustahkam aglomerat ishlab chiqarish uchun shisha toladan ham foydalaniladi. Aglomerat tabiiy tog‘ jinslarining 80-96 % ini o‘z ichiga olishi mumkin va shuning uchun uning xossalari tabiiy materialga nisbatan yaqin hisoblanadi.

Ishlatilgan xom ashyolarga ko‘ra aglomerat quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • Dolomitlangan aglomerat;
  • Temir rudali aglomerat;
  • Marganetsli aglomerat;
  • Ferromanganezli aglomerat;
  • Metallashtirilgan aglomerat;
  • Fosforli aglomerat;
  • Xromit aglomerat.
Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech