“Aholi va tadbirkorlar murojaatlari” murojaatlari doim nazoratda

News image

2023-yilning 1-yarim yilligida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga jami 34 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari kelib tushgan.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi (pm.gov.uz) orqali 22 ta, Vazirlar Mahkamasidan - 6 ta, boshqa idoralardan - 6 ta yo‘llangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi (pm.gov.uz) orqali kelib tushgan murojaatlardan 5 tasi qanoatlantirilgan, 6 tasiga tushuntirish berilgan, 11 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidan kelib tushgan murojaatlardan 2 tasiga tushuntirish berilgan, 4 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan.
Boshqa idoralardan kelib tushgan murojaatlardan 2 tasi qanoatlantirilgan, 4 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan.

Aksariyat murojaatlar Uyushma tizimidagi yirik ishlab chiqaruvchi korxonalarga ishga kirish va tiklash, mutaxassisligi bo‘yicha ishlashda amaliy yordam berish, ijtimoiy to‘lovlar, ish haqi, moddiy yordam, kompensatsiyalar to‘lash, rahbariyat qabuliga kirish, turli masalalardagi shikoyatlar bo‘yicha murojaatlar qilingan.

Uyushma tomonidan tizim tashkilotlari bilan birgalikda murojaatlarni tizimli o‘rganish, ularni qonuniy hal etish bo‘yicha doimiy chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech