“ARTON” kompaniyasi gazobetonlari sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi

News image

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va Turin Politexnika Universiteti hamkorligida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan gazobeton blokining zilzilaga bardoshligi tekshirildi. Unda “ARTON” kompaniyasi tomonidan Germaniya texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan avtoklav gazobetonlar sinov poligonida ko‘rikdan o‘tkazildi. Bir hafta davomida bosqichma-bosqich o‘tkazilgan sinovlarda yuqorida keltirilgan kompaniya mahsuloti maksimal tekshiruvlardan muvafaqiyatli o‘tdi. Ushbu ko‘rik davomida mahsulotning nafaqat sifati balki, ko‘p qaqatli bino va inshootlarni qurishda ishonchliligi yana bir bor tekshirildi.

photo_2022-09-23_13-46-24.jpg

Shuni alohida qayd etish kerakki, “ARTON” kompaniyasi mahsuloti zilzilaga bardoshligi bo‘yicha o‘tkazilgan sinovlardan muvafaqiyatli o‘tgan dastlabkisi bo‘ldi.

O‘tkazilgan ko‘rik natijasida ko‘ra, “ARTON” kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining tegishli sertifikatiga ega bo‘ldi.


Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech