Assalomu alaykum, hurmatli Vatandoshlar hamda qurilish materiallari sanoati sohasi xodimlari!

News image

Sizlarni 21-Oktabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi hamda O‘zbek tili bayrami kuni bayrami bilan qizg‘in muborakbod etaman!

O‘zbek tili bayram tadbirlari butun xalqimiz hamda boshqa sohalar qatori qurilish materiallari sanoati tarmog‘i xodimlari tomonidan ham “O‘zbek tili - milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” bosh shiori ostida kaktta quvonch va g‘urur bilan keng nishonlanmoqda.

Davlatimiz Rahbari ta’kidlaganlaridek, ulug‘ mutafakkir Mir Alisher Navoiy bobomizning: “Tilga e’tibor – elga e’tibor”, degan dono o‘gitlariga amal qilgan holda, yurtimizda til masalasida olib borilayotgan  davlat siyosati inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan tub islohotlarimizga har tomonlama uyg‘un va hamohangdir.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda o‘zbek tilini rivojlantirish, uning hayotimizdagi o‘rni va ta’sirini oshirish borasida yangi bosqich boshlanganligiga har birimiz guvohmiz.

Bugungi kunda jahon miqyosida 50 millionga yaqin kishi o‘zbek tilida so‘zlashmoqda. Ko‘plab mamlakatlarda bu go‘zal va jozibali til katta ishtiyoq bilan o‘rganilmoqda.

Muhtaram Prezidentimizning “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 21-oktabrdagi PF–5850-son Farmoni hamda boshqa qator Farmon va qarorlarida hamda Hukumatimizning tegishli qarorlari va boshqa hujjatlarida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan xodimlarga davlat tilini chuqur o‘rganishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda davlat tilini keng targ‘ib qilish va rivojlantirish choralari belgilanib ijrosi doimiy nazoratga olingan. Uyushma tizimida ish yuritish hamda barcha hujjatlar aylanishi o‘zbek tilida to‘liq lotin yozuvida amalga oshirilmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2023-yil 19-sentyabrdagi Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining 78-sessiyasidagi “Asosiy maqsad-hamjihatlik va amaliy hamkorlik ruhini saqlash, umumiy manfaatlarni mavjud ziddiyatlardan yuqori qo‘ygan holda mamlakatlarni jipslashtirish zarur” sarlavhali tarixiy nutqining jahon miqyosida o‘zbek tilida yangraganligini har bir o‘zbekistonlikning qalbida g‘urur va iftihor tuyg‘ularini uyg‘otdi.

Bugungi kunda o‘zbek tilini dunyo xalqlari sevib o‘rganmoqda hamda  Ona tilimizda so‘zlashmoqdalar.

Aziz yurtdoshlar, qurilish materiallari sanoati sohasi xodimlari!

Sizlarni O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi hamda O‘zbek tili bayrami bilan samimiy tabriklayman.

Barchangizga sog‘liq-salomatlik, Jannatmakon Vatanimizga tinchlik-xotirjamlik, oilangizga fayzu-baraka va totuvlik tilayman.

Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin!

Baxtiyor Bobokulov,
“O‘zsanoatquirilishmateriallari” uyushmasi
Boshqaruvi raisi v.v.b.


Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech