Avstriya kompaniyasi Samarqandda yirik loyihani amalga oshiradi

News image

Bugun poytaxtimizda davom etayotgan ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Investitsiya va savdo shartnomalarini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda ko‘plab sohalar kabi qurilish materiallari yo‘nalishi bo‘yicha ham bir qator xalqaro shartnomalar imzolandi.

Xususan, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruv raisining o‘rinbosari Bahtiyor Bobokulov va Avstriyaning “LASSELSBERGER GROUP” kompaniyasi direktori Go Jan o‘rtasida keramik plitka, quruq qurilish aralashmalari va mikrokalsit ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjatga ko‘ra, uyushma loyihani amalga oshirish uchun texnik iqtisodiy asoslamalar tayyorlash, biznes plan ishlab chiqish va xom ayosh konlari haqida ma’lumotlar taqdim etishda yaqindan yordam beradi. Investitsiya loyihasini o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha “LASSELSBERGER GROUP” kompaniyasi mas’ul etib belgilandi.

1-28-04-2023.jpg

2-28-04-2023.jpg

Yirik loyihaning umumiy qiymati 170 mln dollarni tashkil etadi. Bunyodkorlik ishlari Samarqand viloyatida amalga oshiriladi.

3-28-04-2023.jpg

4-28-04-2023.jpg

5-28-04-2023.jpg

6-28-04-2023.jpg

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech