Belgilangan topshiriqlar va axoli murojaatlari o‘z vaqtida bajarilmoqda

News image

Mamlakatimizda fuqarolarning murojaatlariga vaqtida javob berish, ularda ko‘tarilgan masalalarni hal qilish bo‘yicha o‘ziga xos tizim shakllantirilgan bo‘lib, bu borada huquqiy asoslar yaratilgan.

Binobarin, Konstitutsiyamizning 35-moddasida har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga egaligi, arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi shart ekani mustahkamlab qo‘yilgan. Ushbu konstitutsiyaviy qoidani amalga oshirish maqsadida bir qator hujjatlar qabul qilingan. Xususan, 2014 yilda hayotga tatbiq etilgan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun bu boradagi ishlar samaradorligini yuksaltirishda katta ahamiyat kasb etayotir. “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan ham mazkur yo‘nalishda faol ish olib borilmoqda.

O‘tgan 6 oy davomida Prezidentimizning hududlarga tashrif yakunlari bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishlarning 5 ta bayonnomasida uyushmaga belgilangan 11 ta topshiriq belgilangan muddatlarda bajarildi.

2022 yilning yanvar-iyul O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishlarning 2 ta bayonnomasida uyushmaga belgilangan 2 ta topshiriq belgilangan muddatlarda bajarildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli 15 ta Qarorlari va Farmonlarida uyushmaga belgilangan 34 ta topshiriqlardan 34 ta topshiriq bajarildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yig‘ilishining 1 ta bayonnomasida uyushmaga belgilangan 1 ta topshiriq bajarildi.

Joriy yil yanvar-iyun oylarida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga jami 49 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari kelib tushgan.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi (pm.gov.uz) orqali 16 ta hamda bevosita uyushmaga 33 ta, shundan 6 ta yozma, 27 ta elektron shakldagi murojaatlar kelib tushgan.

Bevosita uyushmaga kelib tushgan murojaatlardan 8 ta qanoatlantirilgan, 4 tasiga tushuntirish berilgan hamda qolgan 21 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga ijroga yuborilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi (pm.gov.uz) orqali kelib tushgan murojaatlardan 11 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech