Birja savdolarida sement narxida yana 4,5% ga arzonlashish kuzatildi

News image

O‘tgan hafta davomida, ya’ni 29 mart – 4 aprel kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJ ning barcha savdo platformalarida 1 420,1 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 11,9% ga kamdir. Bunda sotuvlarning 88,0% - birja savdolari; 2,3% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari; 9,3% - elektron davlat xaridlari va 0,4% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 516,2 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida budjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 27,1 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 235 935,0 tonna sement qo‘yildi va ulardan 179 654,0 tonnasi, ya’ni 76,1% sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 35,9 ming tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 552,4 ming so‘mdan 527,6 ming so‘mgacha, ya’ni 4,5% ga pasaygan.

Manba: "O‘zRTXB" AJ PR bo‘limi

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech