Birja savdolarida sement o’rtacha 621,3 ming so‘mdan sotildi

News image

20-26-noyabr kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2 877,4 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 14,2% ga ko‘pdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 60,4% birja savdolariga, qolgan 39,6% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 434,6 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 715,8 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Hisobot davrida birja savdolari orqali 34 657,0 tonna sement sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 6,9 ming tonnani tashkil qildi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 630,4 ming so‘mdan 621,3 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 62 ta xaridor ishtirok etdi.

Manba: "O'zRTXB" AJ PR bo'limi

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech