Buyuk shoir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur 540 yilligi keng nishonlanmoqda

News image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ning 5–yo‘nalishi–ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish etib belgilangan.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi (bundan keyin matnda–Uyushma deb yuritiladi) tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha 2023-yil uchun “YO‘L XARITASI” tasdiqlanib Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan 2023-yil 30-yanvarda kelishilgan.

2_24-02-2023.jpg

“Yo‘l xaritasi”ning 29-bandiga ko‘ra, 2023-yilning fevral oyida  “Alisher Navoiy siymosi – mangu barhayot” va “Zahiriddin Muhammad Bobur – yor va diyor kuychisi” mavzularida tizimdagi xodimlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish belgilangan.

Bugun, ya’ni joriy yilning 24 fevral kuni “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida Uyushma ijro etuvchi apparati, “O‘zqurilishmaterialLITI” MCHJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi, “Tog‘-geologiya jamlama ekspeditsiyasi”, “O‘zbuildinvest” MCHJ xodimlari ishtirokida Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi, shoh va shoir, yor va diyor kuychisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining taniqli vakili ishtirokida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

3_24-02-2023.jpg

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi, filologiya fanlari nomzodi, “Otamning bog‘i”, “Daryo ko‘ngil”, “Jilvon o‘g‘loni”, “Alifbo”, “Sanoq”, “Sukut sarhadi”, “Tanish tovushlar”, “O‘n  o‘rtoq” kabi kitoblar muallifi,  shoir Dilshod Rajab ishtirok etdi.

Uchrashuvda atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutishi, ulug‘ shoirlar o‘zining she’riy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalarni, ona tilimizning beqiyos so‘z boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam o‘rin egallaganligi e’tirof etildi.

4_24-02-2023.jpg

O‘z zamonasida Alisher Navoiyning turkiy tilni qayta tiriltirgani ma’naviyatimiz uchun ulkan jasorat bo‘lganligi aytilib, Alisher Navoiy to‘g‘risida Zahiriddin Muhammad Bobur “Turkiy til bila to she’r aytibdurlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas” — deb Boburnoma asarida yozganlari, Husayn Boyqaroning “Mir Alisher turk tilining o‘lik jasadig‘a Masih nafasi ila jon ato etdi” deb ta’kidlaganlari qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi.

Shoir Dilshod Rajab Alisher Navoiy va Zahiriddin Boburning she’rlaridan tadbir qatnashchilariga o‘qib berib, ushbu asarlarda tarannum etilgan chin insoniylik, inson ma’naviyati va farzandlarimiz tarbiyasidagi ahamiyatiga batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Shoir o‘z nutqida, kitob  odamzod yaratgan  eng foydali kashfiyotlardan biri ekanligini ta’kidlab, jahon madaniyati ravnaqiga o‘lkan hissa qo‘shgan siymolardan biri, Alisher Navoiy qalamiga mansub bo‘lgan “Mahbub ul-qulub” asari haqida, shuningdek Navoiyning ijodi falsafiy fikrlarga boy bo‘lib, unda jamiyat va inson munosabati, insonning baxt-saodati, komil inson va fozil jamoa, ta’lim tarbiya haqidagi fikr-o‘ylar o‘z ifodasini topganligini alohida ta’kidladi.

5_24-02-2023.jpg

Tadbir so‘ngida shoir “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi kutubxonasiga qator kitoblarni, shu jumladan o‘zining hayot va inson, jamiyat va tabiat kabi mavzulardagi falsafiy she’rlar jamlangan, muallifning sinchkov nigohi va chuqur tafakkur tarzi o‘ziga xos badiiy talqinlarda namoyon bo‘lgan “Xayrli tong” nomli kitobini sovg‘a qildi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan Buyuk shoirlarning ruboiylari, she’r va g‘azallari, ularning ijodidan ilhomlanib yozilgan she’rlar o‘qildi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech