Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi, shoh va shoir, yor va diyor kuychisi Zahiriddin Muhammad Bobur 541 yilligi keng nishonlanmoqda

News image

Bugun-14-fevral kuni “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida Uyushma ijro etuvchi apparati, “O‘zqurilishmaterialLITI” MCHJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi, “Tog‘-geologiya jamlama ekspeditsiyasi”, “O‘zbuildinvest” MCHJ xodimlari ishtirokida Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi, shoh va shoir, yor va diyor kuychisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining taniqli vakili ishtirokida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “Bir tomchi yulduz”, “Uch tomir” “Vatanim deb seni uyg‘ondim”, “O‘zbek modern she’riyati” turkum she’rlari, “Osiyo ovozi” hikoyalar to‘plami muallifi, shoir va tarjimon, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Davron Rajab ishtirok etdi.

2 14 02 2024.jpg

Uchrashuvda atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutishi, ulug‘ shoirlar o‘zining she’riy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalarni, ona tilimizning beqiyos so‘z boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam o‘rin egallaganligi e’tirof etildi.

3 14 02 2024.jpg

O‘z zamonasida Alisher Navoiyning turkiy tilni qayta tiriltirgani ma’naviyatimiz uchun ulkan jasorat bo‘lganligi aytilib, Alisher Navoiy to‘g‘risida Zahiriddin Muhammad Bobur “Turkiy til bila to she’r aytibdurlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas” – deb Boburnoma asarida yozganlari, Husayn Boyqaroning “Mir Alisher turk tilining o‘lik jasadig‘a Masih nafasi ila jon ato etdi” deb ta’kidlaganlari qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi.

Davron Rajab Alisher Navoiy va Zahiriddin Boburning she’rlaridan tadbir qatnashchilariga o‘qib berib, ushbu asarlarda tarannum etilgan chin insoniylik, inson ma’naviyati va farzandlarimiz tarbiyasidagi ahamiyatiga batafsil to‘xtalib o‘tdi.

4 14 02 2024.jpg

Shoir o‘z nutqida, Alisher Navoiyning komil inson, ota-onaga yaxshilik qilish, Boburning Vatanga muhabbat kabi chin insoniy xislatlarni ulug‘laganligini alohida ta’kidladi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan Buyuk shoirlarning ruboiylari, she’r va g‘azallari, ularning ijodidan ilhomlanib yozilgan she’rlar o‘qildi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech