DIQQAT E’LON!

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi (bundan keyin matnda–Uyushma deb yuritiladi) tizimida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha 2024-yil uchun “YO‘L XARITASI” tasdiqlanib Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi bilan 2024-yil 22-yanvarda kelishilgan.

“Yo‘l xaritasi”ning 31-bandiga ko‘ra, 2024-yilning fevral oyida “Alisher Navoiy siymosi – mangu barhayot” va “Zahiriddin Muhammad Bobur – yor va diyor kuychisi” mavzularida tizimdagi xodimlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish belgilangan.

2024-yil 14-fevral kuni soat 17.00da Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Tafakkur ko‘chasi, 68a-uy manzilidagi Uyushma idora binosining 5-qavatidagi majlislar zalida, Uyushma ijro etuvchi apparati, “O‘zqurilishmaterialLITI” MCHJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi, “Tog‘-geologiya jamlama ekspeditsiyasi”, “O‘zbuildinvest” MCHJ xodimlari ishtirokida Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi, shoh va shoir, yor va diyor kuychisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining taniqli vakili ishtirokida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkaziladi.

Barcha xodimlardan mazkur madaniy-ma’rifiy tadbirda faol ishtirok etishlarini so‘raymiz.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech