DIQQAT E’LON!

News image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ning 5–yo‘nalishi–ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish etib belgilangan.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi (bundan keyin matnda–Uyushma deb yuritiladi) tizimida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha 2023-yil uchun “YO‘L XARITASI” tasdiqlanib Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi bilan 2023-yil 30-yanvarda kelishilgan.

“Yo‘l xaritasi”ning 29-bandiga ko‘ra, 2023-yilning fevral oyida “Alisher Navoiy siymosi – mangu barhayot” va “Zahiriddin Muhammad Bobur – yor va diyor kuychisi” mavzularida tizimdagi xodimlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish belgilangan.

2023 yil 24 fevral kuni soat 17.00da Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Tafakkur ko‘chasi, 68a-uy manzilidagi Uyushma idora binosining 5 qavatidagi majlislar zalida, Uyushma ijro etuvchi apparati, “O‘zqurilishmaterialLITI” MCHJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi, “Tog‘-geologiya jamlama ekspeditsiyasi”, “O‘zbuildinvest” MCHJ xodimlari ishtirokida Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi, shoh va shoir, yor va diyor kuychisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining taniqli vakillari ishtirokida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkaziladi.

Barcha xodimlardan mazkur madaniy-ma’rifiy tadbirda faol ishtirok etishlarini so‘raymiz.


Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech