Eksport geografiyasi kengaymoqda

News image

2022-yil mahsulotlarning eksport hajmlari 611,2 mln dollarga yetkazildi va o‘sish 101,9 foizga yetdi.

Eksport qilingan mahsulotlarning 21,6 foizi metall buyumlar, 15,1 foizi keramika mahsulotlari, 13,5 foizi PVXdan fiting, profil va truba mahsulotlari, 7,3 foizi quruq qorishmalar kabilar ulushiga to‘g‘ri keldi.

Qolaversa, eksport qilingan qurilish materiallari turlari 55 dan 65 ga oshgan bo‘lsa, eksport geografiyasi 43 davlatdan 53 taga ko‘paydi.

Davlatlar kesimida tahlil qilinganda, eksport qilingan mahsulotlarning asosiy qismi Qozog‘iston (eksportning 34,5%), Qirg‘iziston (17,4%), Tojikiston (12,6%), Rossiya (12,3%), Turkmaniston (4,2%), Litva (3,2%) va Xitoy (2,3 %) davlatlariga to‘g‘ri keldi.

Shu bilan birga, Tailand, Belgiya, Isroil, Ispaniya, Fransiya, Xorvatiya, Iroq, Braziliya va boshqa shu kabi davlatlar bozorlarining o‘zlashtirilishi hisobiga mahsulotlarning eksport geografiyasi kengaydi.

O‘tgan yilning o‘zida qo‘shimcha 10 tadan ortiq yangi mahsulotlar eksport qilindi. Masalan, bazalt asosidagi geosetkalar va armaturalar, ZD keramik plitka, suvga chidamli gipsokarton, quruq qorishma, linoleum, yangi turdagi alyumin profillar, PVX, kvarsitli pol va devor qoplamalar, suyuq va flizelinli gulqog‘oz va boshqalar kabi.

Yana bir misol, o‘tgan yillarda bazalt xomashyosidan faqat 1 ta mahsulot (armatura) ekport qilingan bo‘lsa, bugungi kunda yangi 4 turdagi mahsulot ishlab chiqarilib, eksport qilinmoqda (geosetka, bazaltdan quvurlar, issiqlik saqlovchi materiallar, bazalt fibrasi).

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech